×

Talabalar, OTM oʻqituvchilari va tadqiqotchilariga Latviyada yozgi kurslar uchun 1000 yevro grant!


Grant

MUHLAT

01.04.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Latviya

O'QILGAN

24566 marta

Latviya hukumatining Latviya davlat stipendiyalari (Latvian State Scholarship) dasturi doirasida yozgi maktab dasturlarida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Yozgi maktablar odatda yoz oylarida Latviyaning turli shaharlarida o’tkazib kelinadi.

Yozgi maktablar turli mavzu, fan va yoʻnalishlarga bagʻishlangan boʻlib, nomzodlar oʻziga mos maktabni tanlashi mumkin.

Eslatma: Ayrim yozgi maktablar faqat talabalar uchun, ayrimlari esa oliy taʼlim muassasalari xodimlari (oʻqituvchilar va tadqiqotchilar) uchun ham moʻljallangan. 2024-yilda jami 7 ta yozgi maktab uchun grantlar taklif etilmoqda. Yozgi maktablar haqida toʻliq maʼlumotni va ular kimlarga moʻljallanganini BU YERDAGI roʻyxatdan kerakli yozgi maktab sahifasiga kirish orqali (More information) bilib olishingiz mumkin.

Yozgi maktablar ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Talabalar, tadqiqotchilar va OTM xodimlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Latviya davlat stipendiyasini yutib olgan ishtirokchilar uchun 1000 yevro mablagʻ ajratiladi. Bu mablagʻ yozgi maktabda qatnashish xarajatlarini (ishtirok etish toʻlovi, turar joy, oziq-ovqat, maʼruzalar, ekskursiyalar, seminarlar, madaniy tadbirlar va boshqalar) qoplash uchun bevosita yozgi maktab tashkilotchisiga oʻtkaziladi (ishtirokchiga berilmaydi). Agar yozgi maktab  onlayn tarzda oʻtkazilsa, ushbu mablagʻ ishtirok etish toʻlovi va onlayn mashgʻulotlarni qoplash uchun ishlatiladi.

Ishtirokchilar viza, yozgi maktab uchun Latviyaga borish va kelish xarajatlarini oʻzlari qoplashi kerak.

Shuningdek, yozgi maktab yakunida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

P.S. Yozgi maktabda stipendiyasiz (o’z hisobingizdan) qatnashishingiz ham mumkin.

Talablar:

Ushbu stipendiya dasturiga ariza topshirish uchun nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi lozim:

  • Nomzod bakalavr, magistratura yoki doktorantura talabasi bo’lishi yoki oliy ta’lim muassasasi xodimi (oʻqituvchi yoki tadqiqotchi) bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini bilishi kerak.
  • Nomzod stipendiya ajratilishi moʻljallangan davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak (bu davlat ichida Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston ham bor).

Shuningdek, har bir yozgi maktabning oʻz qabul talablari ham bor va ular stipendiya dasturi talablaridan biroz farq qilishi mumkin. Yozgi maktab qabul talablari bilan tanishish uchun BU YERDAGI roʻyxatdan kerakli yozgi maktab sahifasiga tashrif buyuring.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2024-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun bu yerdagi ro’yxatdan kerakli yozgi maktabni tanlang. Ariza shu yozgi maktab uchun ko’rsatilgan tartibda topshiriladi. Arizalar onlayn tarzda yozgi maktab tashkilotchilariga maktabning veb-sayti orqali to’g’ridan-to’g’ri topshiriladi. Natijalar ham dastur tashkilotchilari tomonidan e’lon qilinadi.

Ariza topshirishda talab etiladigan hujjatlar:

  • Yozgi maktabning ariza shakli.
  • CV.
  • Motivatsiya inshosi.

Ariza va hujjatlar ingliz tilida yoziladi.

Shu grantni yutib olib, yozgi maktablardan biriga qatnashib kelgan hamyurtimizning dasturga topshirgan hujjatlari bilan BU YERDA tanishing.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Stipendiya dasturi boʻyicha savollar yuzsidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Marika Pīra
Senior Specialist
+371 67814331
marika.pira@viaa.gov.lv

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!