×

Talent of the Year 2020: tanlovda fotosuratlaringiz bilan qatnashing va 1000 AQSh dollari yutib oling


Grant

MUHLAT

31.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2235 marta

Surat olishga qiziqasizmi? International Photography Magazine tomonidan tashkil etilgan International Photography Grant: Talent of the Year 2020 fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovning maqsadi iqtidorli suratkashlarga professional suratkashlik olamiga kirish va o’z ishlarini ommaga tanitish uchun ko’maklashish, hamda havaskor iqtidorlarni e’tirof etish. Ushbu tanlovda ishtirok etish orqali havaskor suratkashlar o’z mahoratlarini oshirish va qo’shimcha tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Tanlovda g’olib chiqqan ishtirokchi olgan fotosuratlar xalqaro jurnallarda chop etiladi.

Grant kimlar uchun?

Suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g’olibiga 1000 AQSh dollari pul mukofoti taqdim etiladi.

Talablar:

  1. 18 yoshdan katta barcha havaskor yoki professional suratkashlar tanlovda qatnashishlari mumkin.
  2. Tanlov uchun topshirilgan fotosurat jamlanmalari istalgan mavzuda bo’lishi, istalgan uslub va muhitda olingan bo’lishi mumkin. Ushbu tanlov suratkashlar uchun ijodiy yondashuv va tasavvurdan istalgancha foydalanish imkonini beradi. Har bir “loyiha” yoki suratlar jamlanmasida yagona voqea va g’oya aks etsa bas.
  3. Tanlovga hozirda davom etayotgan yoki so’nggi 3 yil ichida yakunlangan loyihalar qabul qilinadi.
  4. Tanlovga bir loyiha sifatida 10 tagacha fotosurat taqdim etish mumkin, ushbu suratlar umumiy mavzu ostida birlashishi va bir butun loyiha bo’lishi kerak.
  5. Tanlovga ilgari aynan shu tanlov uchun topshirilgan ishlar qabul qilinmaydi.
  6. Taqdim etilgan loyihaga ingliz tilida yozilgan, taxminan 50 so’zli izoh ham taqdim etilishi shart.
  7. Tasvir fayllari saytga eng uzun uzunligi 1100 piksel bo’lgan JPG formatida yuklanishi kerak.
  8. Taqdim etilgan fotosuratlarda imzo, belgi va shu kabilar bo’lmasligi kerak, aks holda ishtirokni tanlovdan chetlatiladi. Barcha shartlar

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov uchun fotosuratlaringizni 2020-yil 31-iyulgacha taqdim etishingiz mumkin. Ishtirok etish uchun bu yerga bosing. Tanlov g’olibi 2020-yil 1-noyabrda e’lon qilinadi.

Eslatma: tanlovga har bir ishtirokchi birinchi loyihasini bepul taqdim etadi. Ikkinchi loyihadan boshlab, topshirilgan har bir loyiha uchun 19 AQSh dollari to’lov amalga oshiriladi. Qo’shimcha ma’lumot uchun ko’p so’raladigan savollarga javoblar bilan tanishib chiqing. Murojaat uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!