×

Ta’limni rivojlantirish loyihalari uchun ICT in Education Prize tanlovi: mukofot – 25 000 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

18.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

2581 marta

The UNESCO King Hamad Bin Isa Al-Khalifa Prize tanlovi g’olibiga beriladigan ICT in Education Prize mukofoti uchun arizalar qabul qilinmoqda. Mukofot ta’lim tizimiga kompyuter va informatsion texnologiyalarni samarali tarzda joriy qilgan shaxs yoki tashkilotlarga beriladi. Tanlovning maqsadi BMT’ning Barqaror Rivojlanish Maqsadlarining 4-yo’nalishi bo’yicha erishilgan yutuqlar hamda jonbozliklarni taqdirlash.

Jadal rivojlanib borayotgan zamonimizda jahon aholisining 95% qismi kamida 2G tarmog’i mavjud hududlarda istiqomat qiladi. 2G tarmog’iga mobil qurilma orqali bog’lanish imkoniga ega insonlar esa texnologiyaga asoslangan ta’lim dasturlaridan foydalanishi mumkin. ICT in Education ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishda AKTdan foydalangan holda yaratilgan innovatsion yechimlarni mukofotlaydi.

Tanlov mavzusi har yili o’zgarib turadi. Bu yilgi mavzu – ta’lim sifati va davomiyligini yaxshilashda sun’iy ongdan (artificial intelligence/AI) foydalanish. Tanlovga UNESCO bilan rasmiy aloqalarga ega tashkilotlar nomzodlarni tavsiya qilishi zarur. 

Tanlovda g’olib bo’lgan loyihalar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Tashkilot va shaxslar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovning 2 nafar g’olibining har biriga 25 000 AQSh dollari pul mukofoti va diplom taqdim etiladi. Taqdirlash marosimi Parijdagi UNESCO ofisida bo’ladi. 

Talablar:

  • Mukofot uchun taqdim etilgan loyiha kamida 1 yildan beri davom etib kelayotgan bo’lishi kerak.
  • Loyiha egasi UNESCOdan moliyaviy yordam olmayotgan bo’lishi zarur.
  • Loyihada foydalanilgan texnologik yechimlar bepul foydalanish maqsadida ishlab chiqilgan bo’lishi kerak. Ya’ni, tijoriy maqsadlarda tashkil qilingan kattaroq loyihalarning bepul qismlarini loyiha sifatida tanlovga tavsiya etish mumkin emas.
  • Taklif etilgan loyiha tanlov maqsadi va mavzusiga mos bo’lishi lozim. 
  • Loyiha innovatsion yondashuvga ega bo’lishi va amalda samara bergan bo’lishi kerak.
  • Loyiha tenglik va inklyuzivlikni targ’ib qilishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Ishtirokchilar UNESCO Milliy Komissiyalari yoki UNESCO bilan rasmiy hamkorlikka ega tashkilotlar tomonidan tavsiya qilinishlari kerak. Nomzodlar 18-dekabrgacha tavsiya qilinishi talab etiladi.. Nomzodni tavsiya qiluvchi tashkilot ushbu hujjatda ko’rsatilgan tartibda ariza yuborishi kerak. Loyiha muallifi ushbu hujjatni to’ldirishi zarur. Hujjat topshirish oldidan tanlov nizomi bilan tanishib chiqing.

Ma’lumot uchun: ictprize@unesco.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!