×

Tanlov: Komiks va illustratsiya chizing va 18000 AQSh dollari va Tokioga sayohat yutib oling!


Grant

MUHLAT

01.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2335 marta

Manga ishqibozlari uchun Yaponiyaning manga jurnallari chop etish bilan shug’ullanadigan Shueisha kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan Tezuka Manga Special International Award rasmlar tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovdan maqsad manga olamidagi iqtidorli rassomlarni kashf qilish. Hozirgi kundagi mashhur manga rassomlarining juda ko’pchiligi shu tanlov orqali tanilgan. Manga o’zi nima?

Grant kimlar uchun?

“Manga” chizuvchi havaskor rassomlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

1-o’rin sohibiga 2 million yen, ya’ni, 18600 AQSh dollari pul mukofoti topshiriladi, shuningdek, uning ishi Shueisha kompaniyasining “Weekly Shonen Jump” jurnalida chop etiladi. Undan tashqari, g’olib Tokioga, taqdirlash marosimiga ham taklif etiladi.

2-o’rin egasiga 1 million yen, ya’ni, taxminan 9300 AQSh dollar pul mukofoti taqdim etiladi, u chizgan manga Shueisha kompaniyasining “Weekly Shonen Jump” jurnalida chop etiladi, va muallif Tokiodagi taqdirlash marosimida qatnashadi.

3-o’rin (honorable mention) berilgan rassomga 500000 yen, ya’ni, taxminan 4600 AQSh dollar pul mukofoti beriladi va Tokioga taqdirlash marosimiga taklif qilinadi.

Talablar:

Tanlovda qatnashish shartlari:

  1. Tanlovga topshirilgan ishlarda biror voqea, hikoya to’laligicha aks etishi va hajmi 55 sahifadan oshmasligi kerak.
  2. Topshirilgan ishlar faqat ingliz, ispan, koreys va (sodda va an’anaviy) xitoy tillarida bo’lishi mumkin. boshqa tillardagi ishlar MediBang tarjimasidan foydalanishlari mumkin. Ro’yxatdan o’tishda ishni tarjima qildirish imkoni bo’ladi.
  3. Har bir ishtirokchi 2 tagacha ish taqdim etishi mumkin.
  4. Tanlovda ilgari biror yerda chop etilgan ishlar ham topshirilishi mumkin, lekin agar ular ilgari mukofotlangan bo’lsa yoki tijoriy jurnallarda chiqqan bo’lsa, tanlovga qabul qilinmaydi.
  5. Tanlovga faqat tamomlangan ishlar qabul qilinadi.
  6. Tanlovga illustratsiya va komikslar topshirish mumkin.
  7. Barcha qoidalar bu yerda

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga 2020-yil 1-sentyabrga qadar ariza berish mumkin. Arizalar bu yer beriladi. Ariza topshirish uchun MediBang saytida ro’yxatdan o’tish kerak.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!