×

Tanlov: Koreya iqtisodiyoti haqida insho yozing va 2500 AQSh dollari yutib oling!


Grant

MUHLAT

15.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

4529 marta

The Korea Times tomonidan tashkil qilingan Economic Essay Contest for Students insholar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlov barcha bosqich talabalari uchun ochiq. Tanlovda turli davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Tanlov Woori Bank banki homiyligida o’tkaziladi, tanlovdan maqsad talabalarning Koreya iqtisodiyoti to’g’risidagi bilimlarini oshirish va ingliz tilida yozish mahoratlarini yaxshilash. Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi mavzulardan biriga insho yozish zarur:

  1. Korea’s working population has been decreasing. Should Korea embrace more immigration to ensure sustainable growth?
  2. Language barrier is often cited as one of the biggest challenges for foreign businesses operating in Korea. Do you think Korea should designate English as a second official language?

Grant kimlar uchun?

Talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Tanlovda bir nafar koreyalik va bir nafar boshqa davlat fuqarosi asosiy g’olib sifatida aniqlanib, ularning har biriga 3 000 000 von (taxminan 2511 AQSh dollari) miqdorida pul mukofoti va g’oliblik belgisi topshiriladi.
  • Ikkinchi o’rinni olgan ishtirokchiga 2 000 000 von (taxminan 1674 AQSh dollari) miqdorida pul mukofoti va g’oliblik belgisi beriladi.
  • Uchinchi o’rin egasiga aylangan 3 nafar ishtirokchining har biriga 1 000 000 vondan (837 AQSh dollari) pul mukofoti va g’oliblik belgisi taqdim etiladi.

Talablar:

Tanlov qoidalari:

  • Tanlovga taqdim etilgan insholar publitsistik stilda yozilishi kerak.
  • Insholar ingliz tilida bo’lishi zarur.
  • Tanlov ishtirokchisi bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichi talabasi bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun insholarni 2020-yil 15-oktyabrgacha topshirish kerak. Insholaringizni essay@koreatimes.co.kr elektron manziliga yuboring. Natijalar noyabrda qabul qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!