The Royal Meteorological Society (RMetS) tomonidan tashkil etilgan Weather Photographer of the Year 2020 va Young Weather Photographer of the Year 2020 fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu tanlov ob-havo mavzusida bo’lib, ob-havo va uning inson hayotidagi o’rni va unga ta’sirini ifodalagan fotosuratlar uchun tashkil etilgan. Tanlovga taqdim etiladigan suratlarda ob-havoni ifodalovchi barcha manzaralar ifodalanishi mumkin, masalan: quyosh, bulutlar, yomg’ir, qor, do’l, shamol, dovul va bo’ronlar, sovuq yoki muz, tuman, kamalak, qutb yog’dusi, chaqmoq, toshqinlar va qurg’oqchilik kabi.
Grant kimlar uchun?
Suratkashlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Sovrinlar quyidagicha:
Weather Photographer of the Year 2020 tanlovi (barcha uchun)
1-o’rin uchun
- “Weather Photographer of the Year 2020” nominatsiyasi;
- 500 funt sterling pul mukofoti;
- Hero8 Go Pro kamerasi;
- RmetS yillik obunasi
2-o’rin uchun:
- 250 funt sterling pul mukofoti;
- RmetS yillik obunasi.
3-‘o’rin uchun:
- 100 funt sterling pul mukofoti;
- RmetS yillik obunasi.
“Public vote winner” nominatsiyasi uchun (eng ko’p ovoz to’plagan, ammo g’olib bo’lmagan fotosurat) uchun: RmetS yillik obunasi.
Young Weather Photographer of the Year 2020 tanlovi (13-17 yoshdagi qatnashchilar uchun):
Bosh sovrin: “Young Weather Photographer of the Year 2020”, Hero8 Go Pro kamerasi va RmetS yillik obunasi.
Ikkinchi o’rin uchun: RmetS yillik obunasi.
Talablar:
Tanlovda ishtirok etish qoidalari:
- Tanlovda istalgan yoshdagi suratkashlar ishtirok etishlari mumkin.
- Har bir ishtirokchi 5 tagacha surat taqdim etishi mumkin.
- Tanlovga faqat fotosuratlar qabul qilinadi. Chizilgan yoki kompyuterda yasalgan suratlar qabul qilinmaydi.
- Suratlarni yuklashda heshteglardan foydalanish va izohlar yozish mumkin.
Fotosuratlarni yuklashda texnik talablar:
Suratlar:
- JPEG formatida, imkon qadar yuqori sifatli bo’lishi;
- RGB yoki sRGB rang profillarida bo’lishi;
- Kengligi yoki balandligi 2500 pikseldan, hajmi 5 MBdan oshmasligi kerak.
- Fotosuratlarni tahrirlash qoidalari bu yerda.
- Batafsil ma’lumot bu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Weather Photographer of the Year 2020 tanloviga shu yerda ariza beriladi. 13-17 yoshdagi qatnashchilar bu yerda ariza topshirishlari mumkin.
Ob-havo holatini suratga tushirish sirlari bilan bu yerda tanishing.
Qo’shimcha ma’lumot uchun tanlov haqidagi savollarga javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.