×

Tanlov: Ob-havoni suratga olib, 500 funt sterling va foto kamera yutib olish imkoniyati


Grant

MUHLAT

06.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

3331 marta

The Royal Meteorological Society (RMetS) tomonidan tashkil etilgan Weather Photographer of the Year 2020 va Young Weather Photographer of the Year 2020 fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu tanlov ob-havo mavzusida bo’lib, ob-havo va uning inson hayotidagi o’rni va unga ta’sirini ifodalagan fotosuratlar uchun tashkil etilgan. Tanlovga taqdim etiladigan suratlarda ob-havoni ifodalovchi barcha manzaralar ifodalanishi mumkin, masalan: quyosh, bulutlar, yomg’ir, qor, do’l, shamol, dovul va bo’ronlar, sovuq yoki muz, tuman, kamalak, qutb yog’dusi, chaqmoq, toshqinlar va qurg’oqchilik kabi.

Grant kimlar uchun?

Suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Sovrinlar quyidagicha:

Weather Photographer of the Year 2020 tanlovi (barcha uchun)

1-o’rin uchun

  • “Weather Photographer of the Year 2020” nominatsiyasi;
  • 500 funt sterling pul mukofoti;
  • Hero8 Go Pro kamerasi;
  • RmetS yillik obunasi

2-o’rin uchun:

  • 250 funt sterling pul mukofoti;
  • RmetS yillik obunasi.

3-‘o’rin uchun:

  • 100 funt sterling pul mukofoti;
  • RmetS yillik obunasi.

“Public vote winner” nominatsiyasi uchun (eng ko’p ovoz to’plagan, ammo g’olib bo’lmagan fotosurat) uchun:  RmetS yillik obunasi.

Young Weather Photographer of the Year 2020 tanlovi (13-17 yoshdagi qatnashchilar uchun):

Bosh sovrin: “Young Weather Photographer of the Year 2020”, Hero8 Go Pro kamerasi va RmetS yillik obunasi.

Ikkinchi o’rin uchun: RmetS yillik obunasi.

Talablar:

Tanlovda ishtirok etish qoidalari:

  1. Tanlovda istalgan yoshdagi suratkashlar ishtirok etishlari mumkin.
  2. Har bir ishtirokchi 5 tagacha surat taqdim etishi mumkin.
  3. Tanlovga faqat fotosuratlar qabul qilinadi. Chizilgan yoki kompyuterda yasalgan suratlar qabul qilinmaydi.
  4. Suratlarni yuklashda heshteglardan foydalanish va izohlar yozish mumkin.

Fotosuratlarni yuklashda texnik talablar:

Suratlar:

  • JPEG formatida, imkon qadar yuqori sifatli bo’lishi;
  • RGB yoki sRGB rang profillarida bo’lishi;
  • Kengligi yoki balandligi 2500 pikseldan, hajmi 5 MBdan oshmasligi kerak.
  • Fotosuratlarni tahrirlash qoidalari bu yerda.
  • Batafsil ma’lumot bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Weather Photographer of the Year 2020 tanloviga shu yerda ariza beriladi. 13-17 yoshdagi qatnashchilar bu yerda ariza topshirishlari mumkin.

Ob-havo holatini suratga tushirish sirlari bilan bu yerda tanishing.

Qo’shimcha ma’lumot uchun tanlov haqidagi savollarga javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!