×

Tanlov: o’ziga xoslikni ifodalovchi rasm chizib, 1000 AQSh dollari yutib oling


Grant

MUHLAT

06.10.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

8983 marta

Rassomlar ijtimoiy o’zgarishlarni uyg’ota oladigan kuchli vositaga, ya’ni, qalamga ega. Ular biror so’z aytmasdan, dunyoni o’zgartirishlari va insonlarga ta’sir qilishlari mumkin. Jamiyatda har bir kishining o’ziga xosligini qadrlash va qabul qilishni targ’ib qilish maqsadida har yil tashkil etib kelinadigan “Embracing Our Differences” (har xilligimizni qadrlash) tanlovi rassomlar uchun jamiyatda insonlarning o’ziga xosliklari, hammaning o’z usuli o’ziga xos jihatlari borligini qabul qilishga boshqalarni da’vat etish imkonini beradi.  Tanlovning bu yilgi mavzusi: “Enriching lives through diversity and inclusion.” Ushbu tanlov rassomlar uchun bo’lib, uning oziga xos jihati – taqdim etiladigan suratlar ko’chalarda namoyish etish uchun mo’ljallangan reklama doskasi (billboard)  kattaligida chop etish uchun yaratilishi kerak. Tanlov uchun 50 ta eng yaxshi san’at asarlari tanlab olinib, 2022-yil yanvar-aprel oylarida AQShning Florida shtatida ko’rgazmada namoyish etiladi.

Grant kimlar uchun?

Rassomlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

“Best-in-Show Adult” nominatsiyasi. Mukofot – 1000 AQSh dollari.

“Best-in-Show Student” nominatsiyasi. Mukofot – 1000 AQSh dollari.

“People’s Choice” nominatsiyasi. Bu nominatsiya eng ko’p ovoz to’plagan surat uchun beriladi. Mukofot – 1000 AQSh dollari.

Undan tashqari, ko’rgazmada namoyish etish uchun 50 ta eng yaxshi surat ham tanlab olinadi. Ko’rgazma AQShning Florida shtati, Sarasota shahridagi Bayfront Parkida namoyish etiladi.

Talablar:

Rassom uchun talablar:

  1. Tanlovda 13 yoshdan katta barcha shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
  2. Rassom o’zi chizgan suratda (suratni kompyuterda yoki qo’lda chizish mumkin) tanlovning bu yilgi mavzusiga aloqador voqea yoki insonlarni aks ettirishi kerak.
  3. Rassom tanlov mavzusini o’ziga xos usulda ochib bera olishi zarur.
  4. Rassom o’z ishida insonlarni o’ylantiradigan va ta’sirlantiradigan biror mazmun ifodalay olishi zarur.
  5. Tanlovga bir rassom tomonidan istalgan miqdorda surat taqdim etishi mumkin.

Surat uchun texnik talablar:

  1. Suratlar yonlama (gorizontal) kanvasga chizilgan bo’lishi kerak, ya’ni, suratning kengligi uning balandligidan kattaroq bo’lishi zarur.
  2. Suratni yaratishda rassom suratlar 5 x 3,8 metr o’lchamda chop etilganda tiniq, tushunarli va sifatli chiqishi kerakligini hisobga olishi zarur. Suratning bu xususiyatiga g’oliblarni saralash jarayonida katta ahamiyat beriladi.
  3. Taqdim etilgan suratlar faqat elektron ko’rinishda bo’lishi kerak. Suratlar yuqori sifatli bo’lishi, o’lchami kamida 300 dpi (agar 600 dpi yoki undan kattaroq bo’lsa, yanada yaxshi) va hajmi ko’pi bilan 400 MB bo’lishi zarur.
  4. Elektron ko’rinishdagi suratning o’lchamlari 12×223.52 millimetrdan kam bo’lmasligi, agar kattaroq bo’lsa, o’lchamlar nisbati shunday bo’lishi kerak. Tanlov uchun kerakli o’lcham namunalari bu yerda joylashtirilgan.
  5. Rasmlar JPG, JPEG, TIFF, PDF yoki EPS formatida bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Tanlovga rasm taqdim etishda, rasmni to’g’ri nomlash kerak. Bunda rasmlar «sarlavha» va rassomning ismi bilan belgilanishi lozim, masalan, “Embracing Our Differences-Salim Yusupov”.
  2. Suratni taqdim etishda asar, ijodiy jarayon va / yoki mavzu haqida qisqa (200 so’zdan oshmagan holda) qisqa izoh ham qo’shilishi kerak.
  3. Bittadan ortiq asar taqdim etilsa, har bir rasm uchun alohida fayl yaratilishi zarur.
  4. Tanlovda o’qituvchi yoki murabbiylar o’z o’quvchilarining ishlarini jamlagan holda taqdim etishlari mumkin, buning uchun bu yerda ariza topshirish zarur.
  5. Tanlovda ishtirok etish uchun suratlaringizni bu yerda taqdim etishingiz mumkin.

Bu tanlovda ilgari g’olib chiqqan suratlar galereyasini bu yerda ko’rishingiz mumkin. Tanlov g’oliblarining ko’rgazmasi namoyish etilgan videoni tomosha qilish uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!