×

Tashkent International School Scholarship Program: Toshkent xalqaro maktabida oʻqish uchun 100% gacha grant!


Grant

MUHLAT

31.01.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

15029 marta

Toshkent shahrida joylashgan Toshkent xalqaro maktabi (Tashkent International School) 2023-yilning avgustidan boshlanuvchi navbatdagi oʻquv yili uchun Tashkent International School Scholarship Program grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Mazkur dastur joriy yilda mahalliy maktablarda 9-10-sinf yoki mahalliy kollej/litseyning 1-kurs boʻlgan oʻquvchilar uchun moʻljallangan. Qabul qilinganlar 2023-yilning avgustidan boshlab Toshkent xalqaro maktabida 10-sinfdan oʻqishni davom ettiradilar. Dasturga qabul qilinganlar Toshkent xalqaro maktabida oʻquvchilar 3 yillik International Baccalaureate (IB) dasturida oʻqiydi, yaʼni 12-sinfdan keyin ushbu maktabni bitiradi.

Muhim: Grant oʻqish pulini oʻzlari toʻlay olmaydigan oilalarning farzandlari uchun moʻljallangan. Shu sababli grantga hujjat topshirib, oʻta olmagan nomzodlar joriy yilda grantsiz (oʻqish haqini toʻlab) oʻqish uchun hujjat topshira olmaydi.

Grant kimlar uchun?

Mana shu yil maktabda 9-sinf boʻlganlar yoki kollej/litseyning 1-kursini bitirayotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritganlar Xalqaro maktabda oʻqish pulini toʻlashdan 100% ozod qilinadi. Bu yil 3 nafargacha nomzodga grant berishi rejalashtirilgan. Grant shartli boʻlib, oʻquvchining oʻqish davridagi oʻzlashtirish darajasiga qarab oʻzgarishi mumkin.

Talablar:

Grantga ariza topshirmoqchi boʻlgan nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi va oxirgi 9 yil davomida Oʻzbekistonda yashagan boʻlishi kerak.
  • 2006-yilning 1-iyunidan 2008-yilning 31-avgustigacha boʻlgan muddat oraligʻida tugʻilgan boʻlishi kerak.
  • Oʻzbekistondagi davlat maktablari yoki kollej/litseylarida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  • 2023-yilning iyun oyiga qadar maktabda 9 yoki 10-sinfni yoki kollej/litseyda 1-kursni tamomlashi kerak.
  • Grant ajratilmasa, Toshkent xalqaro maktabida haq toʻlab oʻqishga moliyaviy imkoniyati yetmasligi kerak.
  • Maktabdagi fanlardan baholari imkon qadar yaxshi boʻlishi kerak.
  • Matematika va ingliz tili darajasi yuqori boʻlishi, kuchli oʻqish, yozish va tanqidiy fikrlarsh qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.
  • Oʻqish davri tugagunicha Toshkent xalqaro maktabida oʻqishga tayyor boʻlishi kerak.
  • Imtihon va suhbat jarayonida muvaffaqiyatli oʻtishi kerak.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish kerak.

Grant uchun nomzodlar akademik koʻrsatkichlari, moliyaviy ehtiyoji, yozma va ogʻzaki ingliz tilisining qoniqarli darajada ekanligi, fikrlashi va shaxsiyati, oʻqishdan tashqari mashgʻulotlarda foalligi, qiziqishlari, maktab va oʻquvchi uchun ikki tomonlama manfaatlilik mezonlari asosida saralab olinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun qabul 2023-yil 31-yanvarga qadar davom etadi. Ariza topshirish jarayonida quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

  • Toʻldirilgan onlayn ariza shakli. Ariza shaklini BU YERDA toʻldirish mumkin.
  • Arizaga 1 ta nomzodning yaqinda olingan surati ilova qilinadi (oʻlchami: 3 sm x 4 sm).
  • Nomzodning pasporti yoki tugʻilganlik haqidagi guvohnomasining bitta nusxasi.
  • Hozirgacha boʻlgan baholari (buni faqat qisqa roʻyxatga kiritilgan nomzodlar keyinchalik topshiradi).

Ariza topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlardan test va intervyu ham olinadi. Test va intervyu tafsilotlari keyinchalik nomzodlarning oʻziga maʼlum qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin ushbu grant haqidagi rasmiy maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan BU YERDA koʻrsatilgan kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!