×

Tailand: yoshlar uchun bepul yozgi oromgoh!


Grant

MUHLAT

31.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Tailand

O'QILGAN

4494 marta

Taylandda joylashgan Walailak Universiteti tomonidan tashkillashtirilgan WU Cultural Camp 2019 madaniy almashinuv yozgi oromgohida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Oromgoh 2019-yil 24-iyundan 1-iyulgacha, 8 kun davomida Taylandning Bangkok va Nakhon Si Thammarat shaharlarida  bo’lib o’tadi. Oromgohda 200 nafar qatnashchi ishtirok etadi, ulardan 120 nafari Tayland tashqarisidan tashrif buyurishi kutilmoqda. Oromgohda Taylandni o’rganish, undagi eng go’zal shaharlarni aylanish, tanishlar orttirish va yozni maroqli o’tkazish uchun qulay sharoit yaratilgan bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

30 yoshgacha bo’lgan talaba va mutaxassislik uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

WU madaniy yozgi oromgohiga qabul qilingan qatnashchilar tekin turar-joy, oziq-ovqat, shahar ichida transport va o’quv materiallari bilan ta’minlanadilar. Oromgohdagi barcha mashg’ulotlar tekin bo’ladi.

Lekin qatnashchi quyidagilarga o’z hisobidan pul sarflashi kerak:

  1. Xalqaro aviachipta.
  2. Sug’urta.
  3. Bangkokdan Nakhon Si Thammaratgacha aviachipta.
  4. Shaxsiy xaridlar.
  5. Viza va shu kabi chiqimlar.

Talablar:

Oromgohga borish uchun nomzod 18-30 yosh oralig’idagi talaba yoki mutaxassis bo’lishi, Tayland madaniyatiga va madaniy almashinuvga qiziqishi hamda ingliz tilida erkin muloqot qila olishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Oromgohda qatnashish uchun arizalar bu yerda 2019-yil 31-martga qadar qabul qilinadi. Ariza berishda nomzod 2 daqiqalik video tayyorlashi, bu videoda oromgohning mavzusi hisoblangan “Cultures Without Borders in the Globalized World” mavzusida gapirishi va videoni o’zining Facebook sahifasiga “Public” (bachaga ko’rinadigan ) qilib joylashi ham kerak bo’ladi. Keyinchalik videoga havolani ariza to’ldirishda ko’rsatiladi.

Natijalar 1-maygacha  Walailak universitetining Facebook ijtimoiy tarmog’idagi sahifasida e’lon qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!