×

Tayvan: Xarajatlar toʻliq va qisman qoplanadigan 5 kunlik konferensiya!


Grant

MUHLAT

27.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Tayvan

O'QILGAN

3035 marta

The Harvard College Project for Asian and International Relations (HPAIR) tashkiloti HPAIR Asia Conference 2020 konferensiyasida qatnashishga taklif etadi. Ushbu konferensiya bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari, yosh olimlar uchun moʻljallangan. Konferensiyada soʻnggi besh yil ichida universitetni tamomlagan yoki ilmiy daraja olgan nomzodlar ham ishtirok eta oladilar.

HPAIR tashkiloti talaba va yosh olimlar oʻrtasidagi ilmiy muloqotni yoʻlga qoʻyish, fikr almashish uchun tashkil etilgan. Konferensiya Osiyo davlatlari oldidia turgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy muammolarni yechish maqsadida oʻtkaziladi. Konferensiya 2020-yilning 18-22-avgust kunlari Tayvanning Taypey shahrida boʻlib oʻtadi.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqich talabalari va yosh olimlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Konferensiyada ishtirok etish 27-martgacha (early bird) hujjat topshirgan 100 kishiga 375 USD, 25-aprelgacha hujjat topshirganlarga esa 475 AQSh dollargacha. Konferensiyada ishtirok etish uchun stipendiyani qoʻlga kiritgan nomzodlarning Tayvanda 2020-yil 18-22-avgustgacha yashash va sayohat qilish, aviachipta xarajatlari qisman yoki toʻliq qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod stipendiya olish uchun 27-martgacha hujjat topshirishi kerak.
  3. Nomzod davlatga kirish uchun viza rasmiylashtirishlari kerak.
  4. Nomzod ingliz  tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Konferensiyaga ariza onlayn tarzda toʻldiriladi. Konferensiyada ishtirok etish pulli. Hujjatlar dedlaynlari turli muddatlarda berilgan. Ammo stipendiya uchun nomzodlarning arizalari 2020-yil 27-martga qadar qabul qilinadi. Shuning uchun stipendiya olishni istagan ishtirokchilar iloji boricha erta ariza topshirishlari zarur.

Hujjat topshirish dedlaynlari quyidagicha:

  1. Erta hujjat topshirish: 2020-yil 27-martgacha. Toʻlov dastlabki 100 kishi uchun 375 AQSh dollar, qolganlarga 475 AQSh dollar.
  2. Oxirgi muddat: 2020-yil 25-aprelgacha. Toʻlov 475 AQSh dollar.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar roʻyxati:

  1. Ariza. Ariza toʻldirishdan avval saytdan roʻyxatdan oʻtish kerak. Keyin ariza topshirish mumkin. Arizani koʻrsatilgan barcha qismlari koʻrsatilgan holda toʻldirish va dedlayngacha my.hpair.org sahifasi orqali konferensiya tashkilotchilariga joʻnatish kerak. Ariza quyidagi maʼlumotlarni qamrab oladi:

– Shaxsiy ma’lumotlar.

– Rezyume

– esse.

  1. Suhbat. Arizalari koʻrib chiqilgan va loyiq leb topilgan nomzodlar 15-20 daqiqalik suhbatdan oʻtadilar.

Stipendiyaga ariza berish. Stipendiyaga ariza topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Ariza. Konferensiyada ishtirok etish uchun arizani 2020-yil 27-mart, 25-aprelgacha topshirish shart.
  2. Stipendiyaga ariza. Ariza my.hpair.org sahifasida 2020-yil 27-martgacha berilishi zarur. Kechikkan arizalar koʻrib chiqilmaydi.
  3. Moliyaviy ahvoli haqida ma’lumotnoma. Nomzod moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, ya’ni, HPAIR Financial Statement va HPAIR Budget Statement topshiradi. Buning uchun talabgorga taxminan 1,5 hafta muddat beriladi.
  4. Suhbat. 20-30 daqiqalik suhbat davomida nomzod moliyaviy madadga muhtojligi, konferensiyaga qatnashishdan maqsadi va akademik/kasbiy ma’lumotlari haqida soʻzlab beradi.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  1. HPAIR faoliyatiga qiziqishi va tashkilot hamjamiyatida ishtirok etishga tayyorligi.
  2. Moliyaviy yordamga muhtojligi.
  3. Konferensiyaning nomzod faoliyati va liderligida qanday ta’siri borligi.
  4. Konferensiya doirasida hal etiladigan muammolar boʻyicha mustaqil fikrga egaligi va takliflar bera olishi.

Natijalarning eʼlon qilinishi

Natijalar 2020-yilning aprel oyi oxirida maʼlum qilinadi.

Bogʻlanish uchun: 

Elektron manzil: help@hpair.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!