×

Tech Briefs: Innovatsion texnologiyalar boʻyicha tanlov; bosh mukofot 25 ming AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

01.07.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

10614 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Tech Briefs Media Group tashkiloti 2002-yildan beri oʻtkazib kelinayotgan Create the Future Design tanlovida ishtirok etish uchun taklif etmoqda.

Tanlov COMSOL, Mouser Electronics, Analog Devices, Intel, Heilind / TE Connectivity, Maplesoft, Siemens PLM Software va Zeus kompaniyalari homiyligida tashkil etilgan. Tanlov dunyo boʻyicha inson hayotini yengillashtirish boʻyicha yangi ixtirolar, texnika va texnologiyalar yaratish maqsadida oʻtkaziladi.

Tanlovda quyidagi sohalardan biri boʻyicha qatnashish mumkin:

Grant kimlar uchun?

Innovatsion texnologiyalarga qiziquvchi talabalar, muhandislar, tadbirkorlar va boshqalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda gʻolib boʻlgan shaxslar/guruhlarga quyidagi mukofotlar beriladi:

  • Gran-pri: COMSOL va Mouser Electronics tomonidan 25 000 AQSh dollar mukofot.
  • Har bir kategoriya gʻolibi (jami 7 nafar ishtirokchi/guruh) ish stansiyasi kompyuteri bilan taqdirlanadi.
  • Ovoz berishda eng ommabop 10 ta ish mualliflariga magnetik toʻplam taqdim etiladi.
  • Yuqori baho olgan 100 ta ish egalari maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Mukofotlar bilan batafsil BU YERDA tanishing.

Talablar:

Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatdan nomzodlar ishtirok eta oladilar.
  2. Nomzodlar yuqoridagi 7 ta sohadan biri boʻyicha dizayn berishlari kerak.
  3. Nomzodlar taqdim etayotgan dizayn haqida 500 ta soʻzdan iborat izoh beradilar. Izoh ingliz tilida yoziladi.
  4. Nomzodlar oʻz gʻoyalari/ishlari boʻyicha kamida bitta, koʻpi bilan 3 ta illyustratsiya taqdim etishlari kerak.
  5. Nomzod kamida 18 yosh (guruh ishtirok etsa, guruh yetakchisi kamida 18 yosh) boʻlishi kerak.
  6. Topshirilayotgan gʻoya original boʻlishi zarur.
  7. Nomzodning gʻoyasi qonunlarga zid boʻlmasligi lozim.
  8. Nomzodlar yakka holda yoki guruh boʻlib ishtirok eta oladilar.
  9. Nomzodlar bir nechta dizayn bilan qatnasha oladilar.

MUHIM: Yuqorida talablar qisqacha keltirilgan Talablar bilan batafsil tanishish uchun BU YERGA tashrif buyuring.

Dasturga qabul jarayoni:

Dizaynlar 2023=yil 1-martdan 1-iyulgacha qabul qilinadi.

  • Ishtirok etish uchun avval BU YERDA roʻyxatdan oʻting.
  • Soʻng sizga email yuboriladi, unga javob berish orqali roʻyxatdan oʻtganlikni tasdiqlaysiz.
  • Keyin BU YERDA profilingizga kirib, arizani toʻldirasiz.

Ishlarni baholash tartibi, shakli va mezonlari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Natijalar 2023-yil sentyabr yoki oktabr oyida eʼlon qilinadi.

Oldingi yillardagi gʻoliblarning ishlari bilan BU YERDA tanishing.

Tanlov boʻyicha savollar tugʻilganda koʻp beriladigan savollarni oʻqib chiqing, shunda ham javob topilmasa, SHU YERGA onlayn murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!