×

AQSh: barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi oromgoh dasturi


Grant

MUHLAT

14.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

5242 marta

Dunyoning turli hududlaridan bo’lgan qobiliyatli yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida AQShda tashkil etiladigan dasturlardan yana biri – TechGirls yozgi madaniy almashinuv dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur Osiyo, AQSh va Afrikadan bo’lgan, 15-17 yosh oralig’idagi bo’lajak dasturchilar, muhandis va texnologiya yo’nalishida faoliyat yuritish istagidagilar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda qatnashchilar AQSh hayoti va madaniyati bilan tanishish bilan birga kiber himoya va dasturlash kabi mavzularda bilim olishlari va amaliyot qilishlari mumkin bo’ladi. TechGirls dasturi yoz oylarida AQShda bo’lib o’tadi. O’quv mashg’ulotlaridan tashqari, yozgi dastur qatnashchilari dasturlash kompaniyalari, turli klinika va tashkilotlarga tashrif buyurishadi, sayohat qilishadi.

Grant kimlar uchun?

15-17 yoshdagi qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

TechGirls dasturiga qabul qilingan qatnashchilarning har biriga grant beriladi. Grant o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  1. AQShga kelish va qaytib ketish uchun aviachipta.
  2. Dastur davomida yashash uchun joy.
  3. Dastur davomida oziq-ovqat.
  4. Tibbiy sug’urta.
  5. Madaniy tadbirlarda tekin ishtirok etish.
  6. Mahalliy transport xarajatlari.

Dastur AQSh Davlar Ta’lim va Madaniyat Ishlari Byurosi tomonidan tashkil etilgan va unda yosh qatnashchilarning xavfsizligini ta’minlash uchun barcha choralar ko’rilgan – qizlar 24 soat nazoratda bo’ladi. Diniy e’tiqod ham hisobga olingan – masalan, Musulmonlar uchun kuniga 5 marta ibodat uchun va Juma kunlari ibodatlarda qatnashish uchun sharoit yaratib beriladi. Ovqatlanish uchun esa parhezga oid barcha ehtiyojlar qondiriladi, musulmonlar uchun “halol” oziq-ovqat mavjud restoranlar topib beriladi. Boshqa e’tiqod vakillariga ham shunday qulayliklar yaratiladi.

Talablar:

Dasturga quyidagi talablarga eng mos nozodlar qabul qilinadi:

  1. Nomzodning yoshi 15-17 da bo’lishi kerak, jisni ayol bo’lishi zarur.
  2. Nomzod belgilangan davlatlardan biri fuqarosi bo’lishi kerak, belgilangan davlatlar ro’yxatida O’zbekiston ham bor.
  3. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  4. Nomzod texnologiya, dasturlash, matematika va muhandislik sohalariga qiziqishi va bu fanlarda turli yutuqlarga erishgan bo’lishi, ularni yaxshi bilishi zarur.
  5. Nomzod ochiq fikrli va moslashuvchan bo’lishi kerak.
  6. Nomzod yuqori sinf o’quvchisi bo’lishi va dasturdan qaytib kelganda ham kamida 1 smemestr (2 chorak) o’qishi qolgan bo’lishi kerak. Ya’ni, qatnashchi dasturdan keyin maktabda o’qishini kamida 1 semestr davomida davom ettirishi kerak.
  7. Nomzod ilgari AQShda bo’lmagan bo’lsa, unga saralash jarayonida ustunlik beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2019-yil 14-fevralgacha bu yerda qabul qilinadi. Ariza topshirishda avval saytda ro’yxatdan o’tish kerak. ro’yxatdan o’tish haqida

Dastur yakuniga yetgandan keyin ham qatnashchi qizlar faol yetakchilik harakatlarini olib borishadi. Bu yerda oldingi dasturlarda ishtirok etgan qatnashchilar shug’ullanayotgan mashg’ulotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun AQShning O’zbekistondagi elchixonasiga 71 120 54 50 raqamiga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!