×

Technovators for Social Good Scholarship: Ayol-qizlar uchun Britaniyadagi 4 kunlik sammitga toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

05.06.2022

QOLGAN VAQT

17 kun

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1387 marta

Har yili oʻtkaziladigan One Young World sammiti STEM (science, technology, engineering, mathematics) sohasida ishlayotgan yosh ayol-qizlarning navbatdagi sammitda qatnashishi qoʻllab-quvvatlash maqsadida Technovators for Social Good Scholarship stipendiyasini eʼlon qildi.

Bu stipendiya eng munosib 1 nafar nomzodga taqdim etiladi va gʻoliba 2022-yil 5-8-sentabr kunlari Buyuk Britaniyada (Manchester shahrida) boʻlib oʻtadigan navbatdagi One Young World sammtidi toʻliq grant asosida qatnashish imkoniga ega boʻladi. Sammit seminarlar, nutqlar, tanish orttirish mashgʻulotlari va panellardan iborat.

Sammit ingliz tilida olib boriladi.

Ushbu sammit haqida batafsil.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshli ayol qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Stipendiyani qoʻlga kiritgan gʻoliba quyidagi moddiy imtiyozlarga ega boʻladi:

  • 2022-yil Manchesterda boʻlib oʻtadigan One Young World sammitida bepul qatnashish huquqi.
  • 2022-yil 5-8-sentabr kunlari mehmonxonadan bepul shaxsiy xona ajratiladi.
  • Manchesterga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi (ekonom klass).
  • Viza xarajatlari qoplanadi.
  • Sammit binolari va manzillari oʻrtasidagi qatnov uchun transport taʼminlanadi.
  • 2022-yil 5-8-sentabr kunlari bepul nonushta, tushlik va kechki ovqat.

Talablar:

Nomodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Sammitning boʻlib oʻtadigan sanada 18-35 yosh orasida boʻluvchi ayol-qiz nomzodlar qatnashishi mumkin.
  • STEM sohasida faoliyat yuritish, ayol-qizlar uchun STEM sohasiga kirish va bu sohadagi imkoniyatlardan foydalanish imkonini kengaytiradigan yetakchi innovatsion hamda taʼsirga ega tashabbuslarni amalga oshirgan boʻlishi / amalga oshirishi kerak.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish lozim.

Shuningdek nomzodlar quyidagi mezonlar asosida ham baholanadi:

  • Oʻz jamiyatlari yoki hududlari uchun manfaat keltirish ehtimoli hamda bunga ahd qilganligi.
  • Oʻzi qatnashayotgan yoki boshchilik qilayotgan tashabbus / dasturlarning aloqadorligi hamda dolzarbligi.
  • Yetakchilik salohiyati.
  • Oʻz jamiyat yoki hududlarida asosiy mahalliy va/yoki global muammolarni hal qilishga eʼtibor qaratishi.
  • Taʼsirga ega va innovatsion gʻoyalar yaratganlik / ilgari surganlik tajribasi.
  • One Young World sammitida qatnashishga boʻlgan motivatsiya.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2022-yil 5-iyungacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Arizalarni BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin. Arizada soʻralgan maʼlumotlar kiritilishi va bir nechta savollarga 200 yoki 350 soʻzdan oshmaydigan javob yozish talab etiladi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!