×

AQSh: Xotin-qizlar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 5 haftalik dastur; joy 108ta!


Grant

MUHLAT

16.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3944 marta

AQSH departamentining Madaniyat va taʼlim ishlari boʻyicha byurosi tashabbusi bilan tashkil etilgan TechWomen dasturi navbatdagi TechWomen Emerging Leaders Program for Women in STEM in USA 2019ga arizalar qabul qilish boshlandi. Ushbu stipendiya dasturi Afrika, Markaziy va Janubiy Osiyo hamda Yaqin Sharq davlatlarining STEM, yaʼni fan, texnologiya, matematika va muhandislik boʻyicha lider-ayollari uchun moʻljallangan boʻlib, 108 nafar nomzodga dastur doirasida grant ajratish nazarda tutilgan. Dastur xotin-qizlarda liderlik qobiliyatlarini takomillashtirishni, xotin-qizlarning jamiyatdagi o’rnini mustahkamlashga va shu orqali o’z karyeralarini qurishga ko’mak berishga qaratilgan.

Dasturda qatnashish huquqini qo’lga kiritganlar 2019-yil sentabr-oktabr oylari oralig’ida 5 haftalik malaka oshirish kursini o’taydi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va undan yuqori darajaga ega xotin-qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Oʻzbekistondan AQSHga aviachipta;
  2. San-Fransiskodan Vashingtonga ichki aviachipta;
  3. Yashash davrida San-Fransisko, Sanniveyl yoki Kaliforniyada turar joy;
  4. Ovqatlanish va koʻzda tutilmagan xarajatlar;
  5. Kolumbiya okrugi, Vashington mehmonxonalarida yashash xarajatlari;
  6. Ishtirokchini qabul qiluvchi kompeniyagacha transport sarflari;
  7. San-Fransisko, Kolumbiya okrugi, Vashingtonda boʻlib oʻtadigan guruhli tadbirlarda ishtirok etish uchun mahalliy transport xarajatlari.

Stipendiya dasturi ishtirokchining yakka holdagi sayohat va boshqa xarajatlarini, shuningdek, farzandlari va oila aʼzolari (agar ishtirokchi bilan birga kelgan boʻlsa)ga sarflanadigan mablagʻlarni toʻlashni koʻzda tutmaydi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Afrika, Markaziy va Janubiy Osiyo hamda Yaqin Sharq: Aljir, Misr, Iordaniya, Livan, Liviya, Marokash, Falastin, Tunis, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Kamerun, Keniya, Nigeriya, Ruanda, Syerra-Leone, Janubiy Afrika va Zimbabvelik xotin-qizlar ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Ayol jinsiga mansub, kamida ikki yil STEM: fan, texnologiya, matematika va muhandislik sohalarida professional tajribaga ega boʻlishi zarur.
  3. Kamida bakalavr darajasiga yoki shunga ekvivalent toʻrt yillik diplomga ega boʻlishi kerak.
  4. Yozma va ogʻzaki ingliz tili darajasi yuqori boʻlishi.
  5. J-1 almashuv vizasini rasmiylashtirish huquqiga ega boʻlishi.
  6. Oxirgi besh yil ichida AQSHga immigratsiya vizasi uchun murojaat qilmagan (GreenCard bundan mustasno) boʻlishi.
  7. AQSHda doimiy yashamasligi va AQSH fuqarosi boʻlmasligi kerak.

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar va saralash toʻgʻrisida batafsil: SHU YERDA tanishing.

Nomzodlar fan, texnologiya, matematika va muhandislik sohalarida qoʻlga kiritgan yutuqlari, liderlik qobiliyati, til bilish darajasi, ilmiy salohiyati va layoqatliligi kabi mezonlarga koʻra saralanadi, shuningdek, quyidagi talablarga mos nomzodlarga koʻproq imkon beriladi:

  1. Oʻzi tanlagan sohasi boʻyicha yangi liderlik qobiliyatini volontyorlik, ijtimoiy tadbirlar va taʼlimdagi tajribasi orqali namoyon etishi.
  2. Oʻrgangan bilimlarini Vataniga qaytgandan soʻng xotin-qizlarga oʻrgatishi va ularning faolligini oshirishi.
  3. AQSHda ishlash tajribasiga ega boʻlmaganlik.
  4. Mahallasida oʻz tashabbusidan kelib chiqqan holda ijtiyoriy va davlat xizmatlarini yuritish boʻyicha tan olingan tajribaga ega boʻlgan.
  5. Ishlab chiqarish va innovatsiyalarni qoʻllashga doir xizmatlari mavjud boʻlgan.
  6. Almashuv dasturlarida ishtirok etish, ustozlik va yangi hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishda jonbozlik koʻrsatish.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 16-yanvar 09:00  ga qadar qabul qilinadi. Ariza onlayn tarzda topshiriladi. Onlayn ariza: SHU YERDA.

Natijalarning eʼlon qilinishi

Stipendiya dasturiga topshirilgan nomzodlarning arizalariga elektron pochta orqali javob beriladi. Yarim finalga chiqqan talabgorlar 2019-yilning mart oyidan ogohlantiriladi. Yakuniy natija 2019-yilning 17-mayida eʼlon qilinadi.

Eng ko’p berilgan savollar va ularga javoblar bilan SHU YERDA tanishing.

Bogʻlanish: SHU YERDA.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!