×

Teknofest 2024: maktab oʻquvchilari, universitet talabalari bitiruvchilar uchun xalqaro tanlov


Grant

MUHLAT

20.02.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

4037 marta

TEKNOFEST – Turkiyada milliy texnologiyani rivojlantirishda muhim rol oʻynaydigan koʻplab tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan Turkiyaning birinchi aerokosmik va texnologiya festivalidir. Ushbu tanlov 2018-yildan buyon xalqaro miqyosda Turkiyaning turli shaharlarida oʻtkazib kelinmoqda. Tanlovning ushbu mavsumi Adana shahrida “You are the Future with TEKNOFEST” shiori ostida boʻlib oʻtadi, unda 46 ta asosiy va 117 ta ikkinchi darajali yoʻnalishlar boʻyicha musobaqalar tashkillanishi kutilmoqda. Tanlovda boshlangʻich hamda oʻrta maktab, kollej va akademik litsey oʻquvchilari, bakalavriat va magistratura talabalari oʻz orzularini roʻyobga chiqarish uchun turli nominatsiyalar boʻyicha tashkil etilgan texnologiyaga oid turli musobaqalarga hujjat topshirishlari mumkin boʻladi.

Ushbu musobaqalar raketa, sunʼiy yoʻldosh modellari, sogʻliqni saqlashda sunʼiy intellekt, biotexnologiya innovatsiyasi, sanoatda raqamli texnologiyalar, uchar avtomobil simulyatsiyasi, taʼlim texnologiyalari, robototaksi yoʻlovchi avtonom avtomobili, qishloq xoʻjaligi texnologiyalari, jangovar UAV, chiplar dizayni tanlovi va boshqa turli yoʻnalishlarda o’tkaziladi.Tanlov doirasidagi musobaqalar bilan batafsil BU YERDA tanishing.

Grant kimlar uchun?

Boshlangʻich va oʻrta maktab oʻquvchilari, kollej/akademik litsey oʻquvchilari, bakalavr va magistratura talabalari hamda bitiruvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov manfaatli jihatlari quyidagilardan iborat:

  • Minglab yoshlarning loyihalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida saralash bosqichdan o’tgan jamoalarga jami 55 million liradan ortiq (taxminan 1 million 825 ming AQSH dollari) moddiy yordam ko’rsatiladi.
  • Tanlovda sovrindor jamoalarga 30 million liradan ortiq (taxminan 995 ming AQSH dollari) mukofot beriladi.
  • Finalga chiqqan jamoalarga transport va turar joy xarajatlari qoplab beriladi.
  • Ishtirokchilar tanlov doirasida turli treninglarda qatnashishlari mumkin.
  • Tanlov davomida turli tanishlar orttirib, networkingni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
  • Finalga chiqqan jamoalar uchun ijro etuvchi muassasa va maslahat kengashi aʼzolari ishtirokida oʻquv dasturlari (treninglar) tashkil etiladi.

Ishtirokchilarga Turkiyaning texnologiya muassasalarida amaliyot o‘tash imkoniyati taqdim etiladi. BATAFSIL

Talablar:

Qatnashish talablari quyidagicha:

  • Boshlangʻich va oʻrta maktab oʻquvchilari, kollej/akademik litsey oʻquvchilari, bakalavr va magistratura talabalari hamda bitiruvchilar qatnashishi mumkin.
  • Yosh chegarasi mavjud emas. 13 yoshgacha boʻlgan yoshlarning ishtiroki alohida kutib olinadi, ota-onalari yoki oʻqituvchilari bilan qabul qilinadi.
  • Tanlovda jamoa tarzda qatnashish mumkin. Bir jamoa talablariga mos kelsa, birdan ortiq musobaqalarga ariza topshira oladi.

Har bir musobaqa talablari turlicha boʻlib, batafsil BU YERDAN maʼlumot olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda qatnashish uchun avval onlayn roʻyxatdan oʻtishlari va BU YERDAGI musobaqalardan mosini tanlab, jamoa yaratishlari va ariza shaklini toʻldirishlari kerak. Ariza topshirish bosqichlari haqida batafsil ushbu video qoʻllanmadan bilib olishingiz mumkin. Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2024- yil 20-fevralga qadar qabul qilinadi.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon hamda ariza topshirish yoʻriqnomasi bilan batafsil tanishib chiqing.

Dastur boʻyicha eng koʻp soʻralgan savollarga javoblar bilan BU YERDA tanishing.

Avvalgi mavsum finalist jamoalari bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar BU YERDA qabul qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!