×

Tel Aviv universitetining tatqiqot stipendiyalari dasturi


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Isroil

O'QILGAN

3233 marta

Tel Aviv Universitetining «Odam savdosiga qarshi kurashishning mehnat istiqbollari» tatqiqot granti uchun arizalar qabul qilinmoqda. Loyiha to’rt yillik tadqiqot dasturi bo’lib, u odam savdosiga qarshi harakat yo’lini ishlab chiqish, odam savdosi sabablari va uni tartibga solish yo’llarini o’rganishga qaratilgan.

Grant kimlar uchun?

Doktorantlar, doktoranturadan keyingi tadqiqotchilar va fakultet darajasidagi olimlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. Ikki nafar doktorlik darajasiga ega tatqiqotchilarga yiliga taxminan 30 000 AQSh dollari miqdorida (4 yilgacha ta’minlanadi).
  2. Va ikki nafar doktorantura talabalariga yiliga 20 000 AQSh dollari miqdorida mablag’ ajratadi (4 yilgacha ta’minlanadi). Doktorantlar Tel Aviv universitetining huquq fakultetida o’qiyotgan bo’lishlari kerak. Bu fakultetga butun dunyodan talabalar qabul qilinadi, batafsil ma’lumot bu yerda: https://en-law.tau.ac.il/ph_d
  3. Shuningdek, qisqa muddatli tatqiqot (hamkorlik dasturlari) olib bormoqchi bo’lganfan doktorlari va doktorantlarga ham 3-6 oygacha oyiga 750-1500 AQSh dollari miqdorida grant ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzodlar qonun, sotsiologiya, antropologiya, geografiya, siyosatshunoslik, mehnat va migratsiya va xalqaro tadqiqotlar sohalarida bilim va tajribaga ega bo’lishlari kerak.
  2. Tatqiqot ingliz tilida olib borilishi sababli nomzodlar ingliz tilini bilishlari shart.
  3.  Grant uchun dasturning asosiy mavzusiga aloqador bo’lgan barcha turdagi tatqiqot takliflari ko’rib chiqiladi, lekin quyidagi mavzularga alohida e’tibor qaratish tavsiya etiladi:
    – Ish migratsiyasi bo’yicha ikki tomonlama bitimlar;
    – Ishga qabul qilish bo’yicha agentliklar faoliyatini tartibga solish;
    – Odam savdosiga moyil bo’lgan tarmoqlardagi ishchilarni himoya qiluvchi mehnat qonunlarini ishlab chiqish va ijro etish;
    – Odam savdosiga moyil tarmoqrlardagi ishchilarni birlashtirish va nazorat qilish
    – Odam savdosiga qarshi kurashishga yo’naltirilgan Korporativ Ijtimoiy Mas’uliyat va ixtiyoriy axloq tartiblari;
    – Globallashgan bozor sharoitida odam savdosiga moyillikni tartibga solish.

Dasturga qabul jarayoni:

Quyidagi hujjatlar loyihaning bosh tatqiqotchisi Hila Shamirga (hshamir@post.tau.ac.il) va ma’muriy direktori Ayelet Peer (peerayel@tauex.tau.ac.il) ga yuborilishi kerak:

  1. Biriktirilgan xat (cover letter). Bu xatda nomzodning loyihaga qiziqishi sabablari, uni qiziqtirayotgan lavozim va uning qancha davom etishi ko’rsatilishi kerak.
  2. Batafsil tarjimai hol (CV). Tarjimai holga nomzodning nashrlari ro’yxati ham kiritilishi lozim.
  3. Tatqiqot uchun tanlangan tatqiqot taklifi. Ingliz tilida uch sahifagacha hajmda bo’lishi kerak.
  4. Nomzodning ilmiy ishlaridan namuna (masalan, biror maqola, tatqiqot nashri yoki dissertatsiyadan olingan parcha).
  5. Nomzodning malakaviy darajasini ko’rsatib beradigan ikkita tavsiyanoma (ingliz yoki isroil (ibroniycha) tilida). Tavsiyanomalar sarlavhada nomzodning ism-sharifi ko’rsatilgan holda hshamir@post.tau.ac.il manziliga to’g’ridan-to’g’ri jo’natilishi mumkin.

Eslatmalar:

  • G’oliblar tatqiqot mobaynida Tel-Avivda to’liq yashashlari va muntazam ravishda seminar va treninglarda qatnashishlari kerak bo’ladi.
  • Doktorlar va doktorlantlarni tanlashda asosan analitik ko’nikmalar, metodologik va jamoada ishlash imkoniyatlari va mustaqil tadqiqot qila olish darajalariga e’tibor qaratiladi.
  • Tatqiqot 2018-yil oktabrda boshlanadi.
  • Tatqiqot jarayoni ingliz tilida bo’ladi.
  • Arizalar 2018-yil 15-apreldan boshlab uzluksiz tarzda ko’rib chiqiladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun:

Doktorantlar- bu yerga kiring: http://www.tau.ac.il/acad-sec/postgo/index.htm

Doktorlik darajasiga ega bo’lsangiz- bu yerga kiring:  http://zutar.org.il/scholarship-info/scholarship-rights

Dastur haqida savollarni bu manzilga yo’llang- (Doktor Hila Shamir) hshamir@post.tau.ac.il.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!