Telegram messenjer kompaniyasi tanlov e’lon qildi. Tanlov ikki yoʻnalishda boʻlib oʻtadi:
- Animatsion stikerlar dizayerlari uchun.
- Temalar dizaynerlari uchun.
Tanlovda professional va havaskor dasturchi dizaynerlar ishtirok etishlari mumkin.
Grant kimlar uchun?
Professional va havaskor dasturchi dizaynerlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlovda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:
- Animatsion stikerlar boʻyicha eng yaxshi ishlarning har biriga 1 000 USDdan jami 25 000 USD mukofot beriladi.
- Temalar dizaynerlari boʻyicha eng yaxshi ishlarning har biriga 1 000 USDdan jami 25 000 USD mukofot beriladi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
- Animatsion stikerlar boʻyicha nomzod 3 tagacha animatsion stiker topshira oladi.
- Temalar boʻyicha nomzod esa tema (fon, oboy) topshira oladi.
- Professional va havaskor dasturchi dizaynerlar ishtirok etishlari mumkin.
- qatnashish huquqiga ega.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlovda qatnashish dedlayn muddati 2019-yilning 20-oktabr kuni soat 23:00gacha.
Hujjatlar quyidagi tartibda taqdim etiladi:
- Animatsion stikerlar boʻyicha nomzod 3 tagacha animatsion stikerni mazkur talablarga amal qilgan holda ishlab chiqib/rasmiylashtirib, dedlayngacha @jobs_bot manziliga Animated Stickers Contest sarlavhasi bilan joʻnatish lozim.
- Temalar boʻyicha nomzod temani mazkur talablarga amal qilgan holda ishlab chiqib/rasmiylashtirib, dedlayngacha @jobs_bot manziliga Theme Design Contest sarlavhasi bilan joʻnatish lozim.
Barcha materiallar 21-dan 27-oktabrgacha shu yerda omma e’tiboriga havola etiladi.
Natijalar 2019-yil 27-oktabrda eʼlon qilinadi.