×

Telegram messenjeridan tanlov: Mukofot fondi – 50 000 AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

20.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

3684 marta

Telegram messenjer kompaniyasi tanlov e’lon qildi. Tanlov ikki yoʻnalishda boʻlib oʻtadi:

  1. Animatsion stikerlar dizayerlari uchun.
  2. Temalar dizaynerlari uchun.

Tanlovda professional va havaskor dasturchi dizaynerlar ishtirok etishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Professional va havaskor dasturchi dizaynerlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:

  • Animatsion stikerlar boʻyicha eng yaxshi ishlarning har biriga 1 000 USDdan jami 25 000 USD mukofot beriladi.
  • Temalar dizaynerlari boʻyicha eng yaxshi ishlarning har biriga 1 000 USDdan jami 25 000 USD mukofot beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Animatsion stikerlar boʻyicha nomzod 3 tagacha animatsion stiker topshira oladi.
  • Temalar boʻyicha nomzod esa tema (fon, oboy) topshira oladi.
  • Professional va havaskor dasturchi dizaynerlar ishtirok etishlari mumkin.
  • qatnashish huquqiga ega.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda qatnashish dedlayn muddati 2019-yilning 20-oktabr kuni soat 23:00gacha.

Hujjatlar quyidagi tartibda taqdim etiladi:

  • Animatsion stikerlar boʻyicha nomzod 3 tagacha animatsion stikerni mazkur talablarga amal qilgan holda ishlab chiqib/rasmiylashtirib, dedlayngacha @jobs_bot manziliga Animated Stickers Contest sarlavhasi bilan joʻnatish lozim.
  • Temalar boʻyicha nomzod temani mazkur talablarga amal qilgan holda ishlab chiqib/rasmiylashtirib, dedlayngacha @jobs_bot manziliga Theme Design Contest sarlavhasi bilan joʻnatish lozim.

Barcha materiallar 21-dan 27-oktabrgacha shu yerda omma e’tiboriga havola etiladi.

Natijalar 2019-yil 27-oktabrda eʼlon qilinadi.

Ma’lumot uchun: shu yerga yoki @jobs_botga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!