×

Temiryo’l mutaxassislari uchun tanlov: g’olib bo’ling va Sloveniyaga sayohat qiling


Grant

MUHLAT

31.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Sloveniya

O'QILGAN

2369 marta

Temiryo’l uchun monitoring va texnik xizmat ko’rsatish sohasida innovatsion texnologiyalarni yaratish maqsadida tashkil etilgan loyiha hisoblanadigan Assets4Rail tomonidan tashkil etilgan loyihalar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Bu yilgi tanlov uchun hujjat topshirish muddati COVID-19 sababli 31-iyulgacha uzaytirildi. Tanlov magistratura va doktorantura bosqichi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda loyiha mavzularidan biri uchun innovatsion yechim (loyiha) bilan ishtirok etish mumkin.

Tanlovga quyidagi mavzulardagi loyihalar qabul qilinadi:

Birinchi yo’nalish

  • Temir yo’l ko’priklari va tunnellari, shu jumladan shovqin va tebranishlarni kamaytirish va sifatini oshirish uchun tekshirish, texnik xizmat ko’rsatish va modernizatsiya qilish usullarini takomillashtirish
  • Uchuvchisiz uchish vositalari (UAV) va shovqinni monitoring qilish tizimlarini optimallashtirish (xarajatlar va texnik jihatdan)
  • Sensor ma’lumotlarini BIM-da taqdim etish
  • Po’lat ko’priklarning zo’riqqanlik darajasini baholash
  • Uzun drenaj quvurlarini tozalashning texnik muammolari
  • Shovqinni pasaytiradigan vositalar

Ikkinchi yo’nalish

  • Barcha manbalardan ma’lumotlarni ishlab chiqish va taqqoslash hamda tizimlarning holatini yaxlit ko’rish uchun umumiy o’lchash va monitoring tizimini yaratish
  • Kompyuter kuzatuviga asoslangan holda yo’l chetida poezdlarni kuzatish tizim
  • G’ildirakning relsda ko’ndalang o’zgarishini o’lchash uchun sensorlar tizimi
  • O’tish va kesib o’tish uchun monitoring tizimi
  • Texnik xizmat ko’rsatishni boshqarishda geterogen monitoring tizimlarining integratsiyasi

Tanlovning rasmiy saytida har bir mavzu uchun turli taqdimotlar joylashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktoranturada tahsil olayotgan tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g’olibiga:

  1. 2020 yil oxirida Lyublyanada (Sloveniya) bo’lib o’tadigan ASSETS4RAIL jamoasi yig’ilishida o’z innovatsion loyihasini taqdim etish maqsadida tashrif uchun ketadigan xarajatlar qoplab beriladi.
  2. Sertifikat taqdim etiladi.
  3. 500 yevro pul mukofoti beriladi.

Talablar:

  1. Nomzod magistratura yoki doktorantura talabasi bo’lishi kerak.
  2. Tanlovga taqdim etilgan loyiha ASSETS4RAIL tomonidan o’rganiladigan tadqiqot yo’nalishida, yuqorida ko’rsatilgan mavzulardan birida bo’lishi va tanlangan mavzuda innovatsion yechimni ochib berishi zarur. ASSETS4RAIL haqida bu yerda ma’lumot olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Ishtirok etishni xohlovchi talabalar tanlov mavzularidan birini tanlab, shu mavzuga oid innovatsion taklifini tavsiflovchi texnik hisobot tayyorlashlari kerak, bunda hisobotning hajmi 36000 belgidan (taxminan 17000 so’z) oshmasligi zarur. Ushbu hisobot quyidagi qismlarga ajratilishi kerak:

  • Abstract (Kirish)
  • Objectives (Loyiha maqsadi)
  • State-of-the-art
  • Planned development (loyiha qanday amalga oshirilishi rejasi)
  • Methodological approach (metodologiya)
  • Potential for practical implementations and market intakes (amaliyot va bozor imkoniyatlari)
  • Timing (Loyihaga qancha vaqt ketishi)
  • Competence (Loyihaning imkoniyatlari)
  • Economic needs (Loyiha uchun iqtisodiy jihatdan nimalar zarurligi)

Texnik hisobot yozilgach, pasport nusxasi va talabalikni tasdiqlovchi hujjat bilan birga, PDF formatida luca.rizzetto@uniroma1.it elektron manziliga yuborilishi kerak. Hujjatlar 2020-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi. Ariza berish oldidan tanlov nizomi bilan tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!