×

The Stellar Prize tanlovi: pul mukofoti, sertifikat va Cape Verde oroliga sayohat


Grant

MUHLAT

11.06.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kape Verda

O'QILGAN

5187 marta

The Stellar Prize – adabiyotni qo’llab quvvatlash maqsadida o’tkaziladigan nufuzli tanlovlardan biridir. Butunjahon yoshlarining adabiyotga qiziqishini oshirish va adabiyot sohasidagi iqtidorlarni kashf qilish maqsadida har yili o’tkazib kelinadigan ushbu tanlovning bu yilgi mavzusi hikoyalar va she’riyat.

Grant kimlar uchun?

14 yoshdan 45 yoshli havaskor hamda professional shoir va yozuvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Uch kategoriya bo’yicha Stellar mukofoti sovrindorlari quyidagilar bilan taqdirlanadilar:

III. The Stellar International Award (18 yoshdan 45 yoshgacha) – faqat Afrikadan tashqaridagi ishtirokchilar uchun

Birinchi o’rin g’olibi: 1 million naira (taxminan 2700 AQSh dollari).
Ikkinchi o’rin g’olibi: 500 000 naira (taxminan 1300 AQSh dollari).
Uchinchi o’rin g’olibi: 250,000 naira (taxminan 700 AQSh dollari).
To’rtinchi o’rin g’olibi: 100,000 naira (taxminan 270 AQSh dollari).

II. The Junior Stellar prize (14 yoshdan 18 yoshgacha) – faqat Afrikalik ishtirokchilar uchun

Birinchi o’rin g’olibi: 700,000 naira (taxminan 2,000 AQSh dollari).
Ikkinchi o’rin g’olibi: 400,000 naira (taxminan 1000 AQSh dollari).
Uchinchi o’rin g’olibi: 200 000 naira (taxminan 550 AQSh dollari).

III. The Stellar African Prize (19 yoshdan 45 yoshgacha) – faqat Afrikalik ishtirokchilar uchun

Birinchi o’rin g’olibi: 1 million naira (taxminan 2700 AQSh dollari).
Ikkinchi o’rin g’olibi: 500 000 naira (taxminan 1300 AQSh dollari).
Uchinchi o’rin g’olibi: 250,000 naira (taxminan 700 AQSh dollari).

Tanlovning birinchi o’rin g’olibi (1st Stellar prize) Cape Verde oroliga taqdirlash marosimiga taklif etilib, uning marosim uchun parvoz xarajatlari, mehmonxonalarga joylashtirish va oziq-ovqat xarajatlari qoplab beriladi. Viza olish va shu kabi xarajatlarni qoplash g’olibning majburiyati hisoblanadi.

The Stellar Youth Award

Har uch yilda Stellar tanlovlarida yaxshi natija ko’rsatgan, biroq sovrinni qo’lga kirita olmagan yozuvchi va shoirlar The Stellar Youth Award (Stellar Yoshlar Mukofoti) bilan taqdirlanib 1.5 million naira (taxminan 4200 AQSh dollari) miqdoridagi mablag’ bilan taqdirlanadilar. The Stellar Youth Award haqida batafsil SHU YERDA tanishing.

Talablar:

Ishtirokchiga qo’yilgan talablar va muhim eslatmalar:

  1. Tanlovning ikki xil yo’nalishi mavjud bo’lib, The Junior Stellar Prize (bolalar uchun)da ishtirok etish uchun nomzodning yoshi 14 va 18 oralig’ida, The Stellar Prize da qatnashmoqchi nomzodning yoshi esa 19 va 45 oralig’ida bo’lishi kerak (chegara yoshlari ham hisobga qo’shiladi);
  2. Tanlovda barcha millatlar va davlatlar qatnashishlari mumkin;
  3. Tanlov uchun taqdim etilgan qisqa hikoya va she’rlar ilgari nashr etilmagan bo’lishi shart;
  4. She’rlarning umumiy uzunligi 45 satrdan, hikoyalarning umumiy hajmi 2000 so’zdan oshmasligi zarur;
  5. Ingliz tilida yozilmagan she’rlarga ularning inglizcha tarjimalari ilova qilinishi shart. Bu vaziyatda tarjima sababli so’zlarning umumiy miqdori belgilangan chegaradan oshishi mumkin;
  6. Tanlovga bittada ortiq ish taqdim etish mumkun;
  7. http://www.stellarprize.iezef.org/the-prize vebsayti orqali rasman taqdim etilgan ishlargina tanlovga qabul qilinadi;
  8. Qatnashchining kasbi yoki kelib chiqishi kabi ma’lumotlar ishlarni ko’rib chiqishda ahamiyatsiz;
  9. Natijalar qayta ko’rib chiqilmaydi;
  10. Tanlov uchun hikoya yoki she’r topshirishda belgilangan to’lovni amalga oshirmagan nomzodlarning ishlari ko’rib chiqilmaydi. To’lov har birinchi ish uchun 5 AQSh dollari va qolgan ishlarning har biri uchun 3 AQSh dollaridan to’lanishi zarur;
  11. The Ivan Ezeigbo Foundation (IEZEF)ning filallari, a’zolari yoki a’zolarining qarindoshlari tanlovda ishtirok etishlari mumkin emas;
  12. Ilgari Stellar Prize sovrindori bo’lgan nomzodlar boshqa sovrindor deb topilmaydilar;
  13. Junior Stellar Prize g’oliblari Junior Stellar Prize tanlovida qayta qatnashish huquqiga ega emaslar, ammo the Stellar Prize tanlovida ishtirok etishlari mumkin;
  14. The Stellar Prize sovrindorlarining ishlari The Ivan Ezeigbo Foundation’ning mulki hisoblanib keyinchalik u tomonidan tijoratlashtirilishi mumkin. Bunday hollarda muallifning nomi ko’rsatiladi;
  15. Barcha sovrindorlar 2019-yil aprel oyining boshiga qadar taqdirlash marosimiga taklif qilinadilar;

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!