×

The Art of Building fotosuratlar tanlovi: mukofot – 1 500 funt sterling!


Grant

MUHLAT

15.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1017 marta

The Art of Building fotosuratlar tanloviga arizalar 15-noyabrgacha qabul qilinmoqda. Ushbu tanlov dunyoda inson tomonidan tiklangan imoratlar go’zalligini, ularning san’at darajasiga chiqarilganini o’zida aks ettirgan fotosuratlarni e’tirof etish maqsadida tashkil etilgan.

 Tanlovda talabalar, professional va havaskor suratkashlar, umuman, suratkashlikka va binolardagi detallarga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga taxminan qanday fotosuratlar taqdim etish va qanday suratlar g’olib chiqishi haqida tasavvurga ega bo’lish uchun tanlovning bu yerdagi galereyasi bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Tanlov g’oliblaridan biri hay’at a’zolari, biri kuzatuvchilar tomonidan tanlanadi.

Tanlovga quyidagi yo’nalishlarda fotosuratlar taqdim etishingiz mumkin:

Architecture

Conservation and Heritage

Human Interaction

Grant kimlar uchun?

Professional va havaskor suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda ikki nafar g’olib aniqlanadi:

Hay’at a’zolari eng munosib deb topgan fotosurat uchun (Judges’ Choice Award) hamda ovoz beruvchi omma tomonidan eng yaxshi deb topilgan fotosurat uchun (Peoples’ Choice Award) mualliflarning har biri 1 500 funt sterling pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Talablar:

  • Tanlovda 18 yoshdan oshgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
  • Bir ishtirokchi 3 tagacha fotosurat bilan ishtirok etishi mumkin.
  • Tanlovga topshirilgan fotosuratlar qayerda tushirilgani ma’lum qilinishi kerak.
  • Fotosuratlarning formati JPEG bo’lishi, o’lchamlari 1080 x 1080 pikseldan kam bo’lmasligi, hajmi 5 MBdan oshmasligi kerak. 
  • Fotosuratlarni turli dasturlar yordamida sayqallash, ishlov berishga ruxsat etiladi. Barcha qoidalar

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 15-noyabrgacha qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun bu yerda ariza topshirishingiz mumkin. 

7-dekabrdan boshlab tanlovga taqdim etilgan suratlarga ovoz berish mumkin bo’ladi. 11-yanvarda ovoz berish jarayoni yakuniga yetadi. Tanlov g’oliblari 26-yanvarda e’lon qilinadi. 

Murojaat

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!