NASA tomonidan har yili oʻtkaziladigan The CineSpace Film Competition tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovga qisqa videolar, qisqa filmlar yoki radamli media ishlari qabul qilinadi. Ishlar istalgan janr va mavzuda boʻlishi mumkin. Biroq topshirilgan filmlarning kamida 10% qismi NASA video tasvirlaridan iborat boʻlishi lozim. Bundan video tasvirlarni NASA arxivi yoki YouTube kabi ochiq manbalardan olish mumkin. Filmlar davomiyligi 10 daqiqadan oshmasligi kerak.
Tanlovning 2021-yilgi finalistlarining filmlari bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.
Grant kimlar uchun?
Qisqa metrajli film yaratishga qiziquvchi va yarata oluvchi barcha uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlov sovrindorlari quyidagicha taqdirlanadi:
- Asosiy sovrin – 10 000 AQSh dollari.
- Ikkinchi o’rin uchun sovrin – 5000 AQSh dollari.
- Uchinchi o’rin uchun sovrin – 3000 AQSh dollari
Talablar:
Tanlovda ishtirok etish talablari va shartlari quyidagicha:
- Istalgan davlat fuqarolari ariza topshira oladi.
- Faqat jismoniy shaxslar tanlovda qatnashishi mumkin, tashkilotlar qatnasha olmaydi.
- Ariza topshirish vaqtida kamida 18 yosh boʻlish lozim. 18 yoshdan kichik nomzodlarning ishini ularning ota-onasi yoki vasiysi ular nomidan topshirishi mumkin.
- Film davomiyligi 10 daqiqadan oshmasligi kerak.
- Filmning kamida 10 foiz qismi NASA video tasvirlaridan iborat boʻlishi lozim.
- Film 2022-yil, 1-yanvardan keyin ishlangan boʻlishi kerak.
- Film ingliz tilida bo’lishi, agar boshqa tilda boʻlsa, ingliz tilidagi subtitri ham boʻlishi kerak.
Shuningdek, filmning formati va boshqa texnik jihatlariga qoʻyilgan talablar ham mavjud boʻlib, ular bilan BU YERDA batafsil tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlovga filmlar 2024-yil 8-sentabrga qadar qabul qilinadi. Qantashmoqchi boʻlganlar dastlab FilmFreeway platformasiga kirib, tanlov haqidagi maʼlumotlar bilan toʻliq tanishib chiqishi, soʻng shu platformada roʻyxatdan oʻtib (Submit Now > Sign Up) akkaunt yaratishi hamda filmni topshirishi kerak. Ishni topshirish jarayonida tanlov arizasini ham toʻldirish talab etiladi.
MUHIM: Tanlov qoidalari, ishlarga qoʻyilgan talablar va boshqa muhim maʼlumotlar bilan BU YERDA batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan tashkilotchilarga BU YERDAGI shaklni toʻldirish orqali murojaat qilishingiz mumkin.