NASA tomonidan har yili oʻtkaziladigan The CineSpace Film Competition tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Filmlar istalgan janr va mavzuda boʻlishi mumkin. Biroq topshirilgan filmlarning kamida 10% qismida NASA arxivi kadrlaridan foydalanishili lozim. Filmlar davomiyligi 10 daqiqadan oshmasligi kerak.
Tanlovning 2021-yilgi finalistlarining filmlari bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.
Grant kimlar uchun?
18 yosh va undan katta barcha uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlov sovrindorlari quyidagicha taqdirlanadi:
- Asosiy sovrin – 10 000 AQSh dollari.
- Ikkinchi o’rin uchun sovrin – 5000 AQSh dollari.
- Uchinchi o’rin uchun sovrin – 3000 AQSh dollari.
- Keyingi avlodni STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) sohasi bilan shugʻullanishga ruhlantiradigan taʼlimiy film – 4000 AQSh dollari. Bu kategoriya gʻolibi boʻlish uchun qanday talablarga javob beruvchi film ishlanishi kerakligi haqida BU YERDA tanishing.
- Birdamlik va inklyuzivlikni aks ettirgan eng yaxshi film uchun – 4000 AQSh dollari. Bu kategoriya gʻolibi boʻlish uchun qanday talablarga javob beruvchi film ishlanishi kerakligi haqida BU YERDA tanishing.
Talablar:
Tanlovda ishtirok etish talablari va shartlari quyidagicha:
- Istalgan davlat fuqarolari ariza topshira oladi.
- Faqat jismoniy shaxslar tanlovda qatnashishi mumkin, tashkilotlar qatnasha olmaydi.
- Ariza topshirish vaqtida kamida 18 yosh boʻlish lozim.
- Film davomiyligi 10 daqiqadan oshmasligi kerak.
- Filmning kamida 10 foiz qismida NASA arxivi video kadrlaridan foydalanilishi lozim.
- Film 2020-yil, 1-yanvardan keyin ishlangan boʻlishi kerak.
- Film ingliz tilida bo’lishi, agar boshqa tilda boʻlsa, ingliz tilidagi subtitri ham boʻlishi kerak.
Shuningdek, filmning formati va boshqa texnik jihatlariga qoʻyilgan talablar ham mavjud boʻlib, ular bilan BU YERDA batafsil tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlovga filmlar 2022-yil 15-iyulga qadar qabul qilinadi. Qantashmoqchi boʻlganlar dastlab Tongal platformasiga kirib, tanlov haqidagi maʼlumotlar bilan toʻliq tanishib chiqishi, soʻng shu platformada roʻyxatdan oʻtib (Register) akkaunt yaratishi hamda filmni topshirishi kerak. Filmni topshirish jarayonida tanlov arizasini ham toʻldirish talab etiladi.
Ariza qanday toʻldirilishi va film qanday topshirilishini BU YERDA batafsil oʻqib chiqishingiz mumkin (To enter the Competition, you must:).
Savollar yuzasidan tashkilotchilarga info@tongal.com elektron pochta manzili yoki BU YERDAGI shaklni toʻldirish orqali murojaat qilishingiz mumkin.