×

The Destinantion Australia: Avstraliyada bakalavr va magistratura bosqichi uchun 10 473 AQSh dollari grant


Grant

MUHLAT

30.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1661 marta

Avstraliyada joylashgan La Trobe University universiteti tomonidan beriladigan The Destinantion Australia grant dasturi arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi La Trobe universitetida o’qitiladigan bakalavr va magistratura yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalarga to’lov kontrakti uchun yiliga 15000 Avstraliya dollari (taxminan 10473 AQSh dollari) miqdorida moliyaviy ko’mak taqdim etiladi. To’lov har semestr boshida amalga oshiriladi. Ushbu dastur bakalavr talabalarini 4 yil, magistratura talabalarini esa 2 o’quv yili davomida moliyaviy qo’llab quvvatlaydi.

La Trobe University oliygohi magistratura bosqichi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod La Trobe University bakalavr yoki magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Grant faqatgina full-time  talabalariga ajratiladi.
  • Nomzod bundan oldingi ta’lim bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6.5 ball, TOEFL IBT 88 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

The Destinantion Australia grant dasturini qo’lga kiritish uchun quyidagi 3 bosqichni ketma-ket amalga oshirishingizni tavsiya qilamiz:

1-bosqich:  La Trobe University oliygohi qabul talablariga mos ekanligini tekshiring.

2-bosqich: Kerakli hujjatlarni jamlang:

  • Akademik resume
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan sertifikatlar
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim).
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Aksincha holatlarda notariusdan tasdiqlangan holda ingliz tiliga tarjima qilingan bo’lishi lozim.

3-bosqich: Onlayn ro’yxatdan o’tish. Yuqorida ko’rsatilgan bakalavr yoki magistrlik kurslaridan biriga onlayn tarzda ro’yxatdan o’tib, hujjat topshirish kerak. Grant uchun alohida hujjat topshirilmaydi. Ko’rsatilgan magistrlik kurslariga qabul qilinganlarning barchasi avtomatik tarzda mazkur grantga nomzod sifatda ko’rib chiqiladi.

Shundan so’ng to’ldirilgan arizalarni o’rganish jarayonida barcha hujjatlar o’rganib chiqiladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun LTIRecruitment@latrobe.edu.au elektron manziliga yoki +1300135045 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!