×

The Earth Prize: maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi 100 ming dollardan ortiq boʻlgan tanlov!


Grant

MUHLAT

30.11.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

13942 marta

The Earth Prize – har yili 13-19-yoshli oʻquvchilar uchun oʻtkaziladigan ekologik barqarorlikka bagʻishlangan xalqaro tanlovdir. Ushbu tanlovda dunyoning istalgan davlatidan boʻlgan oʻquvchilar qatnashishi mumkin.

Tanlovga roʻyxatdan oʻtgan barcha ishtirokchilar dastlab onlayn taʼlim materiallari va universitet talabalarining mentorligi yordamida atrof-muhitga oid bilimlarini oshiradi. Shundan ishtirokchilar atrof-muhitga oid muammolarni hal qilish yuzasidan loyiha ishlab chiqadi. Eng yaxshi va potensiali yuqori boʻlgan loyihalar mukofotlanadi.

Tanlovda yakka tartibda yoki 5 kishigacha boʻlgan jamoa tarzida qatnashish mumkin.

Tanlov ingliz tilida va toʻliq onlayn shaklda boʻlib oʻtadi.

Bundan oldingiz tanlov gʻoliblari va ularning loyihalari bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

13-19 yoshli maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanov sovrindorlari quyidagicha mukofotlanadi:

  • 7 ta mintaqaviy gʻolib jamoaning har biri 12 500 AQSH dollari bilan taqdirlanadi. Bu summa jamoalarning gʻoyalarini amalga tatbiq etish uchun ishlatiladi. Bu tanlovda 7 ta mintaqaviy gʻolib deyilganda quyidagi mintaqalar nazarda tutilgan: Afrika, Osiyo, Markaziy va Januniy Amerika, Yevropa, Yaqin Sharq, Shimoliy Amerika va Okeaniya.
  • Yil pedagogi deb topilgan 3 nafar pedagogning har biri 2500 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.
  • Yil mentori deb topilgan 3 nafar pedagogning har biri 2500 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.
  • Global gʻolib jamoaga ham alohida qoʻshimcha mukofotlar berilishi mumkin.

Eslatma: Baholash kengashi talab darajasidagi yakuniy gʻoyalar mavjud emas deb hisoblasa, yuqoridagi sovrinlarni bermaslik huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Talablar:

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi talablarga javob berish lozim:

  • Yosh: 2005-2011-yilda (shu yillar ham kiradi) tugʻilganlar ishtirok etishi mumkin.
  • Taʼlim darajasi: faqat oʻrta taʼlim (scondary education) muassasalari oʻquvchilari qatnasha oladi, oliy taʼlim muassasalari talabalari qatnashishi mumkin emas.
  • Hudud: hududga oid cheklov yoʻq, dunyoning istalgan davlaridagi oʻquvchilar qatnashishi mumkin.
  • Jamoalar: tanlov ishtirokchisi bir nafar alohida oʻquvchi yoki 5 nafargacha aʼzodan iborat jamoa boʻlishi mumkin. Jamoa tuzilganda jamoaning barcha aʼzolari bitta taʼlim muassasasining oʻquvchilari boʻlishi lozim, biroq nechanchi sinf/kursda oʻqishi ahamiyatsiz (yosh talabiga mos boʻlsa, boʻldi).
  • Til: Roʻyxatdan oʻtish jarayonida kiritiladigan maʼlumotlar va topshiriladigan loyihalarning barchasi ingliz tilida boʻlishi lozim.
  • Voyaga yetgan nazoratchi: ishtirokchilar tanlovga roʻyxatdan oʻtishi uchun tayinlangan voyaga yetgan nazoratchiga ega boʻlish qattiq tavsiya etiladi. Taʼlim muassasasi oʻqituvchisi yoki maʼmurlari nazoratchi sifatida qatnashishi mumkin.
  • Ishtirok: oʻtgan yilgi tanlovlarda qatnashganlar, agar boshqa talablarga mos boʻlsa, bu yil ham qatnasha oladi. Lekin avvalgi tanlovlarga gʻolib deb topilgan yoki sovrindor boʻlgan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.
  • Topshiriladigan ishlar qamrovi: bu tanlovga topshiriladigan ishlardan ekologik barqarorlik sari tezlashtirilgan ijobiy oʻzgarishga qaratilgan yechimlarni taklif qilish kutiladi. Tanlovga keng doiradagi yechimlar qabul qilinadi: mahalliy, milliy va xalqaro darajadagi yechimlar; tatbiq etish potensialiga ega yangi gʻoyalar, shuningdek oʻquvchilarning mavjud loyihalari; mahsulot, tashkilot, korxona yoki kampaniyalar.

Talablar bilan BU YERDA toʻliq tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda qatnashish bir necha bosqichlarni oʻz ichiga oladi.

1. Roʻyxatdan oʻtish. Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlganlar 2024-yil 30-noyabrgacha roʻyxatdan oʻtishi lozim. Bunda:

  • Ishitirokchilar va nazoratchilar tanlov veb-saytida alohida-alohida roʻyxatdan oʻtadi.
  • Ishitirokchilar onlayn taʼlim materiallari va mentorlik yordamidan foydalanish imkoniga ega boʻladi.
  • Nazoratchilar jamoalarni yaratadi.
  • Ishtirokchilar oʻzlari tanlagan muammo tavsifi va motivatsiya xatini topshiradi.

Tanlovga BU YERDA roʻyxatdan oʻtish mumkin.

2. Ishlarni topshirish. Bu bosqich roʻyxatdan oʻtish tugagandan boshlab 2025-yil 31-yanvargacha davom etadi. Bunda ishtirokchilar oʻz gʻoyalarini topshiradi.

3. The Earth Prize olimlarini eʼlon qilish. Topshirilgan ishlardan eng munosiblari The Earth Prize olimlari eʼtirofiga sazovor boʻladi. Bu natija 2025-yil 14-fevralda eʼlon qilinadi.

4. Olimlar bosqichi (2025-yil 14-fevraldan 28-aprelgacha). Bunda:

  • Olimlar bosqichiga chiqqanlar yakuniy gʻoya va pitch-videosini 2025-yil 28-fevralgacha topshiradi.
  • Baholash kengashi mintaqaviy gʻoliblik uchun 7 ta jamoa va 7 ta muqobil jamoani tavsiya qiladi.
  • Baholash kengashi tavsiya qilgan 7 ta jamoa mintaqaviy gʻoliblar bosqigichiga taklif etiladi.

5. Mintaqaviy gʻoliblar bosqichi (2025-yil 28-fevraldan 28-martgacaha). Bunda:

  • Baholash kengashi mintaqaviy gʻoliblik uchun tavsiya qilgan 7 ta jamoa The Earth Prize mentorlari va elchilari bilan mentorlik seanslarida qatnashadi.
  • Ushbu 7 ta jamoa baholash kengashiga taqdimot qilib beradi. Bunda jonli efirda savol-javoblar ham boʻladi.

6. Mintaqaviy gʻoliblarning eʼlon qilinishi: 2025-yil 1-7-aprel kunlari The Earth Prize veb-sayti va ijtimoiy tarmoqdagi hisoblarida mintaqaviy gʻoliblar eʼlon qilinadi.

7. Jamoatchilikning ovoz berishi bosqichi. Bunda 2025-yil 7-apreldan 22-aprelgacha jamoatchilik 7 ta mintaqaviy gʻolib gʻoya uchun ovoz beradi. Eng koʻp ovoz toʻplagan gʻoya The Earth Prize 2025 tanlovining global gʻolibi boʻladi.

8. Taqdirlash marosimi: 2025-yil 22-aprelda The Earth Prize 2025 tanlovining global gʻolibi, shuningdek, yilning 3 nafar mentori va 3 nafar  pedagogi eʼlon qilinadi. Taqdirlash marosimi onlayn tarzda oʻtkaziladi.

Ariza shaklini toʻldirish, ishlar/gʻoyalarni topshirish va tanlovda ishtirok etish bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar BU YERDAGI yoʻriqnomada toʻliq tushuntirilgan.

MUHIM: Ishtirok etishga kirishishdan oldin tanlov qoidalarini toʻliq oʻqib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!