×

The Education Abroad Network (TEAN): dunyo bo’ylab turli davlatlarda amaliyot va almashinuv dasturlarida ishtirok etish uchun grantlar


Grant

MUHLAT

01.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

2223 marta

The Education Abroad Network (TEAN) – talabalar uchun dunyodagi turli davlatlarda amaliyot va almashinuv dasturlari tashkillashtirish bilan shug’ullanuvchi kompaniya. Kompaniya tomonidan Avstraliya, Osiyo va Yevropa davlatlarida joylashgan universitetlarda amaliyot, yozgi, qishki maktablar va bir semestr yoki bir yil davom etadigan almashinuv dasturlari tashkil etiladi. Dunyo bo’ylab turli davlatlardagi universitetlarda o’qiyotgan talabalar TEAN dasturlarida ishtirok etib, chet ellarda qisqa muddatli dasturlarda ishtirok etishlari mumkin bo’ladi. Dasturlarga faqat talabalar qabul qilinadi.

Shu kompaniyaning chet ellarda o’qish uchun dasturlari va ular uchun ajratilgan grant dasturlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar yuqori natijalarga erishgan, o’zi hujjat topshirgan almashinuv dasturiga qabul talablariga mos bo’lgan va moddiy ko’makka muhtoj talabalar uchun ajratilgan.

Grant kimlar uchun?

Talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

TEAN grant dasturlari turlicha bo’lib, grant miqdorlari 1 000 AQSh dollaridan 5 000 AQSh dollarigacha boradi. Eng munosib, cheklangan sonli talabalarga o’qish va chet elda yashash xarajatlarini qoplash uchun to’liq grant (umumiy miqdori 15 000 AQSh dollaridan oshmagan holda) ham beriladi.

TEAN chet elda o’qish va amaliyot kurslari kontrakt to’lovlari miqdori bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Grantlar haqida batafsil ma’lumotni bu yerda ko’ring.

Talablar:

  • Nomzod oliy ta’lim muassasasida talaba bo’lishi kerak.
  • Nomzodning baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak.
  • Nomzod qaysi yo’nalish bo’yicha kursga (amaliyot, yozgi yoki qishki maktab, almashinuv dasturi) hujjat topshirmoqchi bo’lsa, o’zi ta’lim olayotgan kurs yo’nalishi shunga mos bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ba’zi davlatlarda shu davlat tilida o’qish ham mumkin. Til talablarini ma’lum kurs tanlaganingizdan keyin bilib olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish uchun avvaliga amaliyot, yozgi/qishki maktab yoki almashinuv dasturiga hujjat topshiring. 2021-yil yoz yoki kuzda boshlanadigan kurslarga qabul mart, aprel va may oyigacha davom etadi. Har bir davlatdagi (qit’a) kurslarga ariza muddatlari har xil qilib belgilangan. Shuning uchun, avvaliga bu yerda mavjud kurslar ichidan o’zingizni qiziqtirgan kursni tanlang.

Lekin, grant uchun arizani 1-aprelgacha (qisman grantlar uchun) va 1-martgacha (to’liq grant uchun) topshirish zarur.

Avvaliga, ma’lum kurs tanlab, shu kursga ariza topshiring. Grantga esa bu yerda ariza berishingiz mumkin. Grantga ariza berish uchun nomzod o’qiyotgan universitet xalqaro bo’limi tomonidan maxsus hujjat to’ldirilishi kerak. Bu hujjat haqida bu yerda batafsil o’qishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!