×

O’zbekistondagi AQSh elchixonasi: AQShda 2-4 haftalik dastur – borish-kelish, viza, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

20.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

21618 marta

O’zbekistondagi AQSh elchixonasi 15-17 yoshli maktab/kollej/litsey o’quvchilaridan The EducationUSA Academy dasturiga hujjatlar qabul qilmoqda. Ushbu dastur kelajakda AQSh universitetlarida tahsil olishni rejalashtirayotgan o’zbekistonlik yoshlarga AQSh universitetlarini, AQShda o’qish jarayoni va AQSh ta’lim tizimi bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan. Dastur davomida ishtirokchilar mezbon oliy ta’lim muassasasiga yaqin bo’lgan institutlar, universitetlar kollejlarga tashrif buyuriladi va ulardagi qabul hamda ta’lim jarayoni tanishtiriladi.

Quyidagi universitetlar dastur ishtirokchilarga mezmoblik qiladi:

Grant kimlar uchun?

15-17 yoshli maktab o'quvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda qatnashish imkonini qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan ta’minlanadi:

  • AQShga borish va kelish xarajatlari to’liq qoplanadi.
  • Viza xarajatlari qoplab beriladi.
  • Bepul turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
  • Barcha ishtirokchilar dastur davomida tibbiy sug’urta bilan ta’minlanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  • Nomzod O’zbekiston fuqarosi bo’lishi kerak.
  • 15-17 yosh oralig’ida bo’lishi lozim.
  • Maktabda 10 yoki 11-sinf bo’lishi yoxud litsey/kollej o’quvchisi bo’lishi kerak.
  • Nomzodning ingliz tilisi yaxshi bo’lishi lozim.
  • AQSh universitet va kollejlarida o’qish uchun hujjat topshirishga qiziqishi kerak.
  • Dastur va uning tadbirlarida faol qatnasha oladigan intizomli o’quvchi bo’lish lozim.
  • Nomzod yuqori akademik ko’rsatkichga ega bo’lishi kerak, bular yuqori baholar, qo’lga kiritilgan turli mkofotlar va o’qituvchilarning tavsiyanomalaridan iborat.
  • Nomzod qaytgandan keyin o’z ta’lim muassasasida kamida bir semestr o’qishi kerak.
  • Nomzod bundan oldin AQSh yoki O’zbekistondan boshqa davlatda bo’lmagan (sayohat qilmagan yoki o’qimagan) yoki juda kam muddat davomida bo’lgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod yetuk, mas’uliyatli, mustaqil, o’z-o’ziga ishonuvchan, dunyoqarashi keng, bag’rikeng va qiziquvchan bo’lishi kerak.
  • Nomzod hamroh bilan birga bir xonada turishga, turli madaniy va ijtimoiy tadbirlar hamda holatlarga moslashishga tayyor bo’lishi kerak.

Nomzodning irqi, millati, dini yoki kelib chiqishi tanlanishda hisobga olinmaydi. Nomzodlaring hammasi faqatgina yuqorida sanab o’tilgan asoslarda saralanadi.

Agar 2020-yil 1-iyuni holatiga ko’ra, 15 yoshdan kichik yoki 17 yoshdan katta bo’lsangiz, bu dasturga topshira olmaysiz.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar faqat onlayn tarzda qabul qilinadi. Dasturda qatnashmoqchi bo’lganlar quyidagi hujjatlarni 2020-yil 20-fevral soat 18:00 gacha Tashkent-Advising@state.gov elektron manziliga yuborishi lozim:

  • To’ldirilgan ariza.
  • Eng oxirgi chorakdagi va oxirgi o’quv yildagi barcha fanlar baholari. Baholar maktab/kollej/litsey direktori tomonidan tasdiqlanishi va u ingliz tiliga tarjima qilinib, direktordan tasdiqlangan asl baholar hamda tarjima qilingan nusxasi skaner qilinadi va qolgan hujjatlarga qo’shib yuboriladi.
  • Pasportining skaner qilingan nusxasi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!