×

The Future Generation Art Pize: mukofot – 100 ming AQSh dollari


Grant

MUHLAT

29.06.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ukraina

O'QILGAN

3871 marta

Zamonaviy san’atni qo’llab-quvvatlash va san’atkorlarni rag’batlantirish maqsadida har ikki yilda taqdirlanadigan The Future Generation Art Prize mukofotiga arizalar qabul qilinmoqda.

Mukofotga arizalar qabul qilingach, hay’at a’zolari tomonidan 20 nafar ishtirokchi saralab olinadi va Kiyevdagi Pinchuk San’at Markazidagi ko’rgazmaga, o’z ishlarini taqdim etish uchun taklif qilinadilar. Ko’rgazmadan so’ng  Venetsiya shahrida  taqdirlash  marosimi bo’lib o’tadi.

Asosiy sovrin – 1 ta, maxsus sovrin – 5 ta.

Grant kimlar uchun?

Barcha san’at vakillari (artists) uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’liblar quyidagicha mukofotlanadi:

  1. Asosiy sovrin 100 000 AQSh dollarini tashkil qiladi. Mukofotning 60 000 AQSh dollari miqdoridagi qismi g’olibga pul mukofoti ko’rinishida taqdim etiladi, qolgan 40 000 AQSh dollari esa uning ijodiy faoliyatini qo’llab-quvvatlovchi loyihalarga yo’naltiriladi.
  2. Asosiy sovrindordan tashqari yana 5 nafar ishtirokchiga umumiy hajmi 20 000 AQSh dollari miqdoridagi maxsus mukofot ajratilgan bo’lib, bu mablag’ ham g’oliblarning ijodiy faoliyatiga yo’naltiriladi.

Talablar:

18 yoshdan katta va 35 yoshdan oshmagan har qanday san’at vakili (artist) yoshi, millati, sohasi yoki san’at turidan qat’iy nazar mukofot uchun da’vogarlik qilishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Mukofotga ariza topshirish onlayn amalga oshiriladi. Bunda da’vogarlar  3 tadan 7 tagacha ishlarini foto yoki video ko’rinishida taqdim etishlari kerak bo’ladi. San’at namunalarini SHU YERGA topshiring.

Eslatmalar

  • 2018-yil 27-avgustda saralash bosqichidan o’tgan qatnashchilar e’lon qilinadi.
  • 9-may (2019) va sentabr oralig’ida Venetsiyada The Future Generation Art Prize 2019 bo’lib o’tadi.
  • Hay’at a’zolarining qarori yakuniy hisoblanadi va qayta ko’rib chiqilmaydi.
  • Mukofot nizomi bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin: https://futuregenerationartprize.org/en/rules.
  • Mukofot uchun bir guruh ijodkorlar ham ishtirok etishlari mumkin. Bu vaziyatda jamoaning har bir a’zosi mustaqil ravishda ham ariza topshirishi mumkin. Boshqa hollarda bir da’vogar faqat bitta ariza berishi mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!