×

The Gates Cambridge Scholarship: Cambridge universitetida o’qish uchun to’liq grant va yillik stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

9360 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan University of Cambridge tomonidan beriladigan eng nufuzli, to’liq grant dasturi hisoblangan The Gates Cambridge Scholarship grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Kembrij universitetida o’qitiladigan magistratura va doktorantura kurslarida o’qish uchun beriladi. Dastur doirasida har yili 80 nafar talabaga to’liq grant ajratiladi, shundan 55 nafari AQShdan boshqa davlat fuqarolariga beriladi. Kembrij universitetida o’qitiladigan kurslar haqida ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistratura yoki doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Talaba o’qish to’lovidan ozod etiladi.
  • Grantni yutib olgan talabaga o’qish kursi tugaguniga qadar (doktorantura uchun 4 yilgacha) 17 500 funt sterling yillik stipendiya
  • Kurs boshida Buyuk Britaniyaga kelish va kurs tamom bo’lgandan keyin qaytib ketish uchun aviachiptalar olib beriladi.
  • Talabaning viza xarajatlari qoplab beriladi.

Undan tashqari, talabaning arizasiga ko’ra:

  • Talaba turli kurslar va konferensiyalarda ishtirok etishi uchun 500 funt sterlingdan 2 000 funt sterlinggacha qo’shimcha mablag’ berilishi mumkin.
  • Talabaning birinchi farzandi uchun qo’shimcha 10 120 funt sterling, ikkinchi farzandi uchun 4 320 funt sterling mablag’ berilishi mumkin. Talabaning turmush o’rtog’i uchun qo’shimcha moliyaviy yordam ajratilmaydi.
  • Talaba ishlashi hamda dekret ta’tili yoki baxtsiz hodisa xarajatlari uchun qo’shimcha mablag’ga ega bo’lishi mumkin.

Talablar:

  • Nomzod Kembrij universiteti magistratura yoki doktoranturada (yoki bakalavrdan keyingi 1 yillik kursda) o’qish uchun ariza topshirishi kerak.
  • Grant quyidagi kurslarga AJRATILMAYDI:
  1. Har qanday bakalavr kursi;
  2. Master of Business (MBA);
  3. Master of Finance (MFin);
  4. PGCE;
  5. MBBChir Clinical Studies;
  6. MD Doctor of Medicine degree (6 yillik, part-time shaklida);
  7. Graduate Course in Medicine (A101);
  8. Part-time shaklidagi barcha kurslar;
  9. Ilmiy daraja berilmaydigan barcha kurslar.
  • Nomzodlar o’z sohalaridagi bilim va yutuqlari, baholari, ijtimoiy faollik va yetakchilik qobiliyati, kursni tanlash sabablari va boshqalar hayotini yaxshilashga qanchalik harakat qilishlariga asosan saralanadilar.
  • Nomzod magistratura kursiga qabul qilinish uchun bakalavr diplomiga, doktorantura uchun bakalavr va magistratura diplomiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzodning baholari juda yuqori bo’lishi zarur. Grant eng a’lochi talabalarga belgilanadi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tili testlaridan necha ball talab etiladi?

Dasturga qabul jarayoni:

Grant va kurs uchun bitta ariza topshiriladi va arizalar 2020-yil 2-sentyabrdan boshlab bu yerda qabul qilinadi. Hujjatlar qabuli ochilishi oldidan kerakli hujjatlarni tayyorlash va dastur bilan batafsilroq tanishish tavsiya etiladi. Hujjat topshirish jarayon haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan va bu yerdan olishingiz mumkin. Hujjatlar 2020-yil dekabr oxiri yoki 2021-yil yanvargacha qabul qilinadi. Grant va kursga bitta ariza berilsa-da, grant yutib olishni xohlovchilar uchun hujjat topshirishda alohida sanalar belgilab qo’yiladi. Har bir kursga ariza topshirish sanasi turlicha bo’lishi mumkin. Bu yerdan kerakli kursni topib, grantga nomzodlikka qo’yilish uchun qachongacha ariza yuborish mumkin ekanligini bilib olishingiz mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  • Baholar va diplomlar;
  • Qabul uchun 2 ta va grant uchun 1 ta tavsiyanoma;
  • Tadqiqot rejasi (doktorantura uchun);
  • Motivatsion xat.
  • Undan tashqari, yutuqlarni ko’rsatuvchi sertifikatlar, til sertifikatlari va boshqalar ham so’ralishi mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun ko’p so’raladigan savollarga javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!