×

The Geneva Challenge 2024 tanlovi: pul mukofoti va Shveytsariyaga bepul sayohat!


Grant

MUHLAT

22.04.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

11483 marta

Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan The Graduate Institute magistratura bosqichida taʼlim olayotgan iqtidorli hamda salohiyatli tadqiqotchilar uchun 2024-yilgi The Geneva Challenge – Advancing Development Goals Contest tanloviga arizalar qabul qilinmoqda.

Institut barcha sohalar boʻyicha tahsil oluvchi magistrantlar jamoalarini tanlovda ishtirok etishga taklif etadi. Tanlovning maqsadi global doiradagi inqirozli muammolarni hal etish uchun innovatsion va samarali yechimlarni (loyihalarni) ishlab chiqishga qaratilgan.

Bu yilgi tanlov yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirishdagi qiyinchilar (The Challenges of Youth Empowerment) mavzusiga bagʻishlangan. Bu mavzu oʻz ichiga bir qancha muammolarni qamrab oladi. Bu yilgi mavzu va u qamrab olgan muammolar haqida BU YERDA batafsil tanishing.

Bellashuv dunyoning istalgan nuqtasidan ishtirok etayotgan 3-5 nafar magistratura talabasining fanlararo hamkorligi natijasida xalqaro rivojlanish muammolari boʻyicha innovatsion va manfaatli yechimlarning nazariy asoslari hamda amaliy tavsiyalari yuzasidan gʻoyalar yigʻish uchun oʻtkaziladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Beshta mukofot quyida koʻrsatilgan toifalar boʻyicha ajratiladi (BMT statistika roʻyxatiga koʻra):

  • Afrikada joylashgan universitetlar;
  • Osiyoda joylashgan universitetlar;
  • Yevropada joylashgan universitetlar;
  • Shimoliy Amerika va Okeaniyada joylashgan universitetlar;
  • Janubiy Amerikada joylashgan universitetlar.

Tanlov uchun ajratilgan mukofot jamgʻarmasi 25 ming CHF (taxminan 28 450 AQSH dollari)ga teng. Shundan:

  • 1-oʻrin – 1 ta; bu jamoaga 10 000 CHF (11 380 AQSH dollari);
  • 2-oʻrin – 2 ta; bu jamoalarning har biriga 5000 CHF (5690 AQSH dollari);
  • 3-oʻrin – 2 ta; bu jamoalarnig har biriga 2500 CHF beriladi (2840 AQSH dollari) beriladi.

Gʻoliblikka daʼvogar 5 jamoa Jenevaga suhbat va savol-javob uchun chaqiriladi. Bunda borib-kelish, viza va turar joy xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.

Talablar:

Tanlovda qatnashish uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Nomzod tanlovga roʻyxatdan oʻtish paytida magistratura bosqichida tahsil olayotgan talaba boʻlishi lozim.
  2. Nomzodlar 3 nafardan 5 nafargacha ishtirokchiga ega jamoa tuzishi kerak. Topshiriladigan tahlil materiali sohalararo yondashuvga asoslangan yoki kamida 2 ta turli soha istiqbollarini oʻzida aks ettirishi kerak. Yakka tartibda qatnashish mumkin emas.
  3. Nomzodlar bitta soha yoki bitta universitetda yoxud turli soha va turli universitetlarda (dunyoning istalgan qismida joylashgan boshqa universitetlarda) oʻqiyotgan talabalar bilan jamoa tuzishi mumkin. Dunyoning turli qismlaridan tuzilgan jamoaning hudud boʻyicha qaysi toifaga kiritilishi quyidagicha boʻladi:
    – Qaysi hududdan koʻproq jamoa aʼzosi boʻlsa, jamoa oʻsha hudud toifasiga kiritiladi.
    – Jamoa aʼzolari soni hududlar boʻyicha teng boʻlsa, jamoa qaysi hudud toifasi boʻyicha qatnashishni aʼzolarning oʻzlari hal qiladi.
  4. Jamoa roʻyxatdan oʻtishi va tasdiqlanishidan oldin har bir nomzod magistraturada oʻqiyotganini isbotlovchi hujjat (maʼlumotnoma)ning skanerlangan nusxasini tophirishi lozim. Mazkur hujjatda eng kamida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:
    – Talabaning ism-familiyasi;
    – Talaba oʻqiyotgan dastur (yoʻnalish);
    – Hujjat berilgan sana (roʻyxatdan oʻtish sanasidan 3 oygacha oldin chiqarilgan boʻlishi;
    – Roʻyxatdan olish sanasidan keyin ham yaroqli ekanligi.
  5. Alohida hollarda magistraturaga qabul qilingan, lekin hali oʻqishni boshlamagan nomzodlar ham tanlovga qabul qilinishi mumkin.

Topshiriladigan ishlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Loyihalar 2024-yil 14-iyulga qadar geneva.challenge@graduateinstitute.ch elektron pochtasiga yuborilishi kerak.
  • Ishlar abstrakt va loyihani oʻz ichiga olishi kerak. Abstrakt 1 betdan iborat boʻlib, unda har bir jamoa aʼzosi haqida qisqa biografiya, loyiha uchun olingan muammo va yechimning qisqa taʼrifi koʻrsatilishi kerak (taklif qilingan yechim qay tarzda oʻzgarish qilishi aniq koʻrsatilishi kerak).
  • Loyihalar 8000 soʻzdan oshib ketmasligi (soʻzlar soniga qaydlar, grafiklar va havolalar kirmaydi) va ingliz yoki fransuz tilida yozilgan boʻlishi kerak.
  • Ishlar oʻzida nazariy tahlil, kreativlik, texnik yordam, shakklantirish jarayoni (capacity building) va ishlab chiquvchi organ/agentlik boʻyicha tanqidiy fikrlashni oʻzida mujassamlashtirishi kerak.
  • Ishlar original boʻlishi lozim.

Ishlarni baholash Academic Steering Committee tomonidan muammo yechimiga oid gʻoya/loyihaning samaradorligi, nazariy va amaliy tavsiyalarning puxta ishlanganligi, loyiha taqdimoti kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish Oʻzbekiston vaqti bilan 2024-yil 23-aprel, tonggi 03:39 gacha davom etadi. Nomzodlarga imkon qadar ertaroq roʻyxatdan oʻtish tavsiya qilinadi. Jamoalar tomonidan ishlarni topshirish muhlati esa 2024-yilning 14-iyuligacha.

Tanlovda ishtirok etish uchun BU YERGA tashrif buyuring va ariza shaklini toʻldirib, roʻyxtdan oʻting.

MUHIM: Tanlovga qatnashishga kirishishdan oldin tanlov qoidalari va tanlovning rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!