×

The Hamdan International Photography Award (HIPA) fotosuratlar tanlovi: bosh mukofot – 120 000 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

30.11.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2830 marta

2011-yildan buyon har yili o’tkazib kelinadigan, dunyodagi eng nufuzli fotosuratlar tanlovi – The Hamdan International Photography Award (HIPA) uchun fotosuratlar qabul qilinmoqda. Ushbu fotosuratlar tanlovining asosiy mavzusi har yili o’zgarib turadi. Bu yil tanlovning asosiy mavzusi – “Nature” (“Tabiat”).

Fotosuratlar tanlovi dunyoning barcha davlatlaridan boʻlgan professional va havaskor suratkashlar uchun ochiq. Tanlovda mavzuni muallif nigohida aks ettirgan oʻziga xos va mazmunli fotosuratlar bilan ishtirok etish mumkin. 

Tanlovning asosiy mavzusi “Narture”, ammo tanlovda quyidagi alohida kategoriyalar ham bor:

  • General
  • Portfolio (storytelling)
  • Portrait.

Grant kimlar uchun?

Havaskor va professional suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovning umumiy mukofot jamgʻarmasi 450 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Tanlovda 1 ta asosiy sovrin (gran-pri) mavjud. Asosiy sovringa munosib topilgan surat muallifi 120 000 AQSh dollariga ega bo’ladi.

Shuningdek, har bir kategoriya va boshqa maxsus nominatsiyalar boʻyicha ham sovrinlar bor. Ular quyidagicha:

Nature kategoriyasi:

  • 1-o’rin uchun 20 000 AQSh dollari
  • 2-o’rin uchun 18 000 AQSh dollari
  • 3-o’rin uchun 16 000 AQSh dollari
  • 4-o’rin uchun 10 000 AQSh dollari
  • 5-o’rin uchun 6000 AQSh dollari.

Portfolio (storytelling) kategoriyasi:

  • 1-o’rin uchun 25 000 AQSh dollari
  • 2-o’rin uchun 22 000 AQSh dollari
  • 3-o’rin uchun 20 000 AQSh dollari
  • 4-o’rin uchun 18 000 AQSh dollari
  • 5-o’rin uchun 15 000 AQSh dollari

General kategoriyasi (umumiy rasmlar uchun) bo’yicha rasmlar oq-qora rasmlar uchun 3 nafar, rangli suratlar uchun 3 nafar g’olib aniqlanadi va ular (6 nafar gʻolib) quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-o’rin uchun 15 000 AQSh dollari
  • 2-o’rin uchun 10 000 AQSh dollari
  • 3-o’rin uchun 5 000 AQSh dollari 

Portrait (portret) kategoriyasi:

  • 1-o’rin uchun 15 000 AQSh dollari
  • 2-o’rin uchun 13 000 AQSh dollari
  • 3-o’rin uchun 11 000 AQSh dollari
  • 4-o’rin uchun 9000 AQSh dollari
  • 5-o’rin uchun 7000 AQSh dollari

Maxsus mukofotlar:

  • Photography Appreciation Award – 20 000 AQSh dollari
  • The Photography Content Creator Award – 15 000 AQSh dollari
  • Emerging Person/Organization in Photography Award – 10 000 AQSh dollari

Talablar:

Tanlovda qatnashish boʻyicha umumiy talabar quyidagicha:

  • Istalgan davlatdan boʻlgan havaskor va professional suratkashlar qatnasha oladi.
  • Faqat jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin, tashkilotlar qatnasha olmaydi.
  • Ishtirokchi suratni topshirish vaqtida kamida 18 yosh boʻlishi lozim. Agar ishtirokchining 18 yoshdan kichik ekani aniqlansa, u hech qanday ogohlantirishsiz tanlovdan chetlashtiriladi.
  • Bitta ishtirokchi har bir kategoriya boʻyicha faqat 1 ta fotosurat topshirishi mumkin. Shuningdek, “General” kategoriyasida subkategosiyalar ham bor va har bir subkategoriya uchun ham 1 ta surat topshiriladi. Faqat “Portait“ kategoriyasidan 5 tadan 10 tagacha surat topshirish mumkin.
  • 1 ta surat faqat bitta kategoriya boʻyicha topshirilishi lozim. 1 tadan ortiq kategoriyada bir xil surat topshirgan ishtirokchi tanlovdan chetlashtiriladi.
  • Suratlar JPEG yoki JPG formatda, yuqori sifat va aniqlikka ega boʻlishi, hajmi kamida 5 MB boʻlishi, uzun tarafi kamida 2000 piksel boʻlishi, sifati kamida 1 dyumga 300 nuqtaga teng boʻlishi va chop etish uchun mos boʻlishi kerak.

MUHIM: Yuqorida eng umumiy talablar keltirilgan. Ishtirokchilar, fotosuratlar va ularni topshirishga oid talablar bilan BU YERDA batafsil tanishib chiqing.

Dasturga qabul jarayoni:

Fotosuratlar 2021-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi. Tanlovda qatnashish uchun bu yerda roʻyxatdan oʻtib, hisob (akkaunt) yaratish kerak. Shundan soʻng kerakli kategoriya boʻyicha fotosuratlarni joylashingiz mumkin boʻladi.

Oldingiz tanlovda gʻolib chiqqan suratlar galereyasi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

MUHIM: Tanlovda qatnashishga kirishishdan oldin tanlov haqidagi rasmiy maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Rasmiy maʼlumotlar bilan tanishib chiqqaningizdan keyin ham savollaringiz boʻlsa, info@hipa.ae elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!