×

The Hodder Fellowship – sanʼatkorlar uchun AQSHda amaliyot dasturi; stipendiya – 86 000 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

14.09.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1232 marta

Princeton Universitetining Lewis Center for the Arts markazi mehnat faoliyatini endi boshlagan, yosh, favqulodda qobiliyatli va umidli sanʼatkor va yozuvchilarga The Hodder Fellowship grant dasturini taklif etadi. Dasturga bastakor, dirijyor, musiqachi, raqqos, xoreograf, ijrochi, rassom, konorejissyor, yozuvchi, shoir, dramaturg, dizayner, tarjimon va boshqa turdagi sanʼatkorlar ariza berishlari mumkin. Hodder Fellowship dasturi ijodkorlarga yangi gʻoyalar ustida ishlash, sanʼat asarlari yaratishda yordam berishga moʻljallangan. Grant bir oʻquv yiliga (oʻn oy) moʻljallangan amaliyot dasturini oʻz ichiga oladi. The Hudder Fellowship dasturi 2016-yildan beri har yili 5 nafar sanʼatkorga grant ajratadi.

Grant kimlar uchun?

Sanʼatkorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyot dasturi qatnashchilariga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Bir oʻquv yili (oʻn oy) uchun 86 000 AQSh dollari
  2. Tadqiqot xarajatlari uchun qoʻshimcha 5000 AQSh dollari miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Batafsil: shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Dastur bastakor, dirijyor, musiqachi, raqqos, xoreograf, ijrochi, rassom, konorejissyor, yozuvchi, shoir, dramaturg, dizayner, tarjimonlar va boshqa turdagi sanʼatkorlar uchun moʻljallangan.
  • Nomzod mehnat faoliyatini endi boshlagan, yosh, favqulodda qobiliyatli va umidli sanʼatkor boʻlishi zarur.
  • Princeton University`da PhD darajasini olgan sanʼatkorlar dasturga ariza bera olmaydilar.
  • Grantdan PhD kurslarini moliyalashtirish uchun foydalanib boʻlmaydi.
  • Har bir nomzod Hudder Fellowship dasturiga hayoti davomida faqat ikki marta ariza berishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Hudder Fellowship dasturi uchun arizalar qabul qilish 2021-yil 1-iyuldan 14-sentyabrgacha davom etadi (hozir onlayn portal yopiq). Natijalar 2021-yil noyabr oyida eʼlon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza (ariza qabul qilish hali boshlanmagan).
  2. CV/ruzyume.
  3. Project Proposal (nomzodning 10 oylik dasturga moʻljallangan badiiy loyihasi aks etishi va 500 soʻzdan oshmasligi zarur).
  4. Nomzodning ijodiy ishlaridan namuna (yozma ishlar, videotasvir, surat, qoʻshiq yoki musiqa ijrosi namunasi va x.k).
  5. Uchta tavsiya beruvchining kontakt maʼlumotlari. Batafsil maʼlumot: shu yerda.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan yoki savol-javoblardan bilib­­­­­­­­­­ olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

E-mail: lca-fellowships@princeton.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!