×

The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!


Grant

MUHLAT

31.03.2024

QOLGAN VAQT

3 kun

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

14452 marta

Ilmiy fantastika va fantastika janrlariga yaqinda kirib kelgan, havaskor ijodkor-rassomlar uchun tajriba orttirish, asarlarini professional ijodkorlarga namoyish etish va omma oldida tanilish imkoniyatini beruvchi The Illustrators of the Future illustratsiyalar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovda ishtirokchi o’z tasavvuridan kelib chiqib yaratgan fantastik yoki ilmiy-fantastik illustratsiyalar bilan ishtirok etish mumkin.

Illyustratsiya nima o’zi?

Ushbu tanlov yiligi 4 marta (har chorakda, yaʼni har 3 oyda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda ishtirok etish bepul.

Oldingi yillarda oʻtkazilgan tanlovlarning gʻoliblari roʻyxati bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Havaskor rassomlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir chorakdagi tanlovda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Yil yakunida esa barcha choraklarda g’olib bo’lgan ishtirokchilar asosiy sovrin uchun nomzodlikka qo’yilib, g’olib chiqqan ijodkorga 5000 AQSh dollar mukofot topshiriladi.

Talablar:

Tanlov qoidalari va talablari quyidagicha:

  • Tanlovda istalgan davlat fuqarosi qatnashishi mumkin.
  • Nomzodlar ingliz tilida yozma muloqot qila olishi kerak. Chunki tanlov tashkilotchilari bilan yozishmalar, gʻolib boʻlganda xabar almashishlar ingliz tilida olib boriladi.
  • Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin. Havaskor deganda quyidagilar nazarda tutilgan: 3 tadan koʻp oq-qora hikoya illustratsiyasini yoki 1 tadan koʻp rangli hikoya illustratsiyasini professional tarzda va haq evaziga chop etmagan boʻlishi kerak.
  • Tanlovga har bir ishtirokchi fantastika va/yoki ilmiy fantastika janrida yaratilgan 3 tadan illustratsiya taqdim etishi zarur. Ushbu illustratsiyalarda aks etgan mavzu bir-birini takrorlamasligi (har biri alohida mavzuga bagʻishlangan boʻlishi) kerak. Illyustratsiyalar oq-qora yoki rangli bo’lishi mumkin.
  • Agar nomzod o’zi ishtirok etgan chorakda g’olib chiqsa, tanlovning boshqa choraklari g’oliblari bilan birga asosiy sovrinni yutib olish uchun yana bir bor bellashadi. Bunda bellashuv ishtirokchilarga alohida mavzu beriladi va ular shu mavzu yuzasidan illustratsiya chizib, topshiradi.

Yuqoridagi talablar batafsil keltirilmagan. Talablar bilan batafsil tanishish uchun BU YERGA kiring.

Dasturga qabul jarayoni:

Bu tanlovga har yili 4 marta qabul boʻladi. Hozir ochiq boʻlgan qabulga arizalar 2024-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Ishlarni qogʻoz shaklida pochta orqali yuborish yoki onlayn tarzda topshirish mumkin. Ishlarni onlayn tarzda topshirish uchun BU YERDA roʻyxatdan oʻtish (Sign Up) va ariza shaklini toʻldirib, illustratsiyalarni yuklash lozim.

Illustratsiyalarni pochta orqali yubormoqchi boʻlsangiz, quyidagi manzilga yuboriladi:

L. Ron Hubbard’s Illustrators of the Future Contest
7051 Hollywood Blvd., Los Angeles, California 90028

MUHIM: Ishtirok etishdan oldin tanlov shartlari bilan toʻliq tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan BU YERDAGI kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!