×

The international poster competition of Chaumont: posterlar tanlovida ishtirok eting va 3000 yevro yutib oling!


Grant

MUHLAT

13.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1372 marta

Le Signe – Centre National du Graphisme tomonidan tashkil etilgan 29th International Poster Competition of Chaumont posterlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovda yoshi, millati, ish joyidan qat’iy nazar butun dunyodan professional ijodkorlar yoki san’at studiyalari (yuridik shaxs sifatida) ishtirok etishi mumkin. Tanlovga so’nggi 3 yil ichida (2018, 2019, 2020) yaratilgan posterlar qabul qilinib, posterlar mavzusi, o’lchami, uni yaratishda ishtirok etgan mualliflar soni va boshqalar uchun hech qanday cheklovlar mavjud emas. Tanlovda 1 ta yoki bir necha posterlar to’plami (bir necha qismlardan iborat 1 ta asar) bilan ishtirok etish mumkin. G’olib deb topilgan 3 ta posterga turli miqdordagi pul mukofotlari topshiriladi.

Grant kimlar uchun?

Professional ijodkorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Tanlovda eng yaxshi deb saralab olingan posterlarga quyidagi nominatsiyalar bo’yicha mukofotlar taqdim etiladi.
  • Grand Prix: 3000 yevro– Vizual, rasmiy, eksperimental, informatsion, muharrirlik, ta’sirchanlik xususiyatlariga ko’ra hakamlar hay’ati tomonidan grafik dizayndagi hissasi uchun yuqori baholangan poster yoki posterlar to’plami uchun
  • Prix Espoir: 1500 yevro– Yosh muallif tomonidan yaratilgan, namunali deb topilgan poster yoki posterlar to’plami
  • Prix du Public1000 yevro- Onlayn ovoz berish natijasida eng yaxshi deb topilgan asar uchun
  • Prix SAIF: 3000 yevro- Faqat Fransiyalik grafik dizayner yoki Fransiyada joylashgan san’at studiyasiga beriladi.

Bitta muallif tomonidan taqdim etilgan 1 ta poster yoki posterlar to’plami faqat 1ta nominatsiya bo’yicha mukofotlanishi mumkin.

Taqdirlash marosimi 2021 yil 29-may, shanba kuni Chaumontda (Fransiya) bo’lib o’tadi.

Talablar:

  • Bitta ishtirokchi tanlovda 1 ta yoki 1 asarni tashkil qiluvchi bir nechta posterlar to’plami bilan qatnashish imkoniyatiga ega.
  • Taqdim etiladigan poster avvaldan buyurtma asosida tayyorlangan bo’lishi yoki real hayotga taqdim etilgan bo’lishi shart (ko’rgazma yoki boshqa holatlarda).
  • Posterlar bosmadan chiqarilgan qog’oz holida taqdim etilishi kerak. Tanlovga telefon yoki boshqa qurilmalarda ko’rishga, tablo va katta reklama ekranlariga namoyish etishga mo’ljallangan animatsion posterlar ham qabul qilinadi. Ularni topshirish uchun poster biror onlayn platformaga joylanib, uni ko’rish mumkin bo’lgan sayt havolasi (URL manzili) arizada ko’rsatiladi.
  • Tanlovga taqdim etiladigan posterlar nafrat, tahqirlash, behayolik, irqchilik, millatchilik, gomofobiya, jinsiy kamsitish, irqiy nafrat qo’zg’atish kabi elementlardan holi bo’lishi kerak.
  • Ushbu tanlovning avvalgi sonlariga taqdim etilgan posterlar ushbu galgi tanlov uchun qayta topshirilishi mumkin emas.
  • Tanlovga jo’natiladigan posterlar ramkaga solinmagan yoki kartonga yopishtirilmagan bo’lishi va hech qanday qisqich, yopishqoq lenta bilan o’ralmasligi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov uchun ro’yxatdan o’tish va posterni jo’natish muddati 2021-yil 13-fevral sanasigacha etib belgilangan. Tanlovda qatnashish uchun onlayn tarzda ro’yxatdan o’tish talab etiladi. Onlayn ro’yxatdan o’tishni bu yerdan boshlang. 

Onlayn ro’yxatdan o’tish paytida berilgan qonun-qoida va yo’riqnoma bilan yaxshilab tanishib chiqilib, “Copyright assignment agreement” va “Manual donation” hujjatlari yuklab olinishi, bosmadan chiqarilib, arizachi tomonidan imzolanishi kerak. Ushbu 2 ta imzolangan hujjat va tanlov uchun poster birgalikda Fransiyaga pochta orqali jo’natilishi talab etiladi. Posterni tanlov uchun jo’natish xarajatlari to’liq arizachi tomonidan to’lanadi va jo’natish bilan bog’liq har qanday muammo: posterning yo’qolishi yoki zarar yetishiga arizachining o’zi javobgar hisoblanadi.

Yetkazib berish xarajatlari va har qanday bojxona to’lovlari ishtirokchilar tomonidan qoplanadi. Bojxona to’lovlaridan ozod etilish maqsadida jo’natilayotgan poster qadog’ida “printed matter, without commercial value” («Tijorat qiymati bo’lmagan bosma nashr») deb yozib ko’rsatilishi kerak. Jo’natish uchun manzil:

Concours 

International D’affiches

Le Signe, Centre National du Graphisme

Pôle des Expositions et des Collections

1, place Émile Goguenheim

F-52000 Chaumont

Hakamlar tomonidan taxminan 100 ta eng yaxshi posterlar saralab olinib, le Signe tomonidan 2021 yil 27 maydan 26 sentyabrgacha tashkil etiladigan 3rd Biennale Internationale de Design Graphique ko’rgazmasiga qo’yiladi. Hamda shu asarlar orasidan tanlab olingan 3 tasi mukofotlanadi.

Ariza topshirish oldidan tanlov nizomi bilan tanishib chiqing. Murojaat uchun concours@centrenationaldugraphisme.fr manziliga e-mail yuboring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!