×

The McGraw Fellowship for Business Journalism: jurnalistlar uchun 15000 AQSh dollarigacha grant dasturi


Grant

MUHLAT

17.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

979 marta

Mahoratli jurnalistlarga chuqur izlanish va vaqt talab qiladigan maqolalar tayyorlashga yordam berish maqsadida tashkil etilgan McGraw Fellowship for Business Journalism dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. McGraw Fellowship for Business Journalism stipendiyasining maqsadi global iqtisodiyot, moliya va biznes bilan bog’liq muhim mavzularning ta’sirli va aniq yoritilishini qo’llab-quvvatlashdir. Yangiliklarni chop etuvchi nashrlarning ko’pchiligi murakkab va ko’p vaqt talab qiladigan voqealarni o’rganish va yoritish uchun zaruriy resurslarga ega emas, grant dasturi esa tajribali jurnalistlarga biror voqeani yoritish uchun surishtiruv va izlanishlarni olib borib, mavzuni to’liq o’rgangan holda yuqori sifatli reportaj yoki maqolalar tayyorlashga imkon beradi. Ushbu dasturda ishtirok etgan jurnalistlar va ular o’rgangan loyihalar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Dastur haqida batafsil

2018-yilgi ishtirokchilar | 2017-yilgi ishtirokchilar | 2016-yilgi ishtirokchilar | 2015-yilgi ishtirokchilar | 2014-yilgi ishtirokchilar

Bu yerda esa dasturda ishtirok etgan jurnalistlar tayyorlagan maqola va reportajlar bilan tanishing.

Grant kimlar uchun?

Kamida 5 yil tajribaga ega jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan jurnalistlarga ular izlanish olib borayotgan mavzuni yorituvchi material tayyorlashga ketadigan xarajatlarni qoplash uchun 15000 AQSh dollarigacha bo’lgan mablag’ beriladi. Ushbu mablag’ 15000 AQSh dollaridan kam bo’lishi ham, ba’zi istisno vaziyatlarda, ko’proq bo’lishi ham mumkin. Beriladigan moddiy yordamning aniq miqdori materialni tayyorlash uchun uyushtiriladigan safarlar, surishtiruv, tahrirlash, va shu kabilarga ketadigan xarajatlar hisoblangandan keyin belgilanadi.

Talablar:

  1. Nomzod kamida 5 yillik professional ish tajribasiga ega bo’lgan jurnalist bo’lishi kerak.
  2. Dasturda jurnalistlar, erkin jurnalistlar (frilanserlar), muharrirlar va reportyorlar ishtirok etishlari mumkin.
  3. Dastur moliya, biznes va iqtisodga aloqador maqolalar va reportajlar tayyorlash uchun grant ajratadi.
  4. McGraw Fellowship for Business Journalism grant dasturi ishtirokchiga maqolani tayyorlash, tahrirlash va chop etishda ham ko’mak beradi. Eslatma: Maqolalar ingliz tilida, AQSh jurnal yoki ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu dasturga yiliga ikki marta qabul bo’ladi. 2020-yil yozgi qabul uchun 17-iyulgacha hujjat topshirish kerak. 2021-yil qishki qabul uchun hujjat topshirishning so’nggi muhlati 15-yanvar bo’ladi.

Arizalarni bu yerda topshirishingiz mumkin.

Ariza topshirishda kerakli hujjatlar:

  1. Nomzodning ish namunalari (3 ta). Bunda nomzod tomonidan biror voqea yoki mavzu yoritib berilgan va grant dasturi uchun tayyorlanadigan materialga o’xshash maqola yoki reportajlar taqdim etilishi kerak. Bu dastur jamoasiga jurnalistning mahoratini baholashga yordam beradi va grant so’ralayotgan maqola yoki reportajni kelajakda qanday tayyorlay olishini chamalash uchun kerak bo’ladi. Taqdim etilgan ish namunalari omma e’tiboriga havola qilingan, ya’ni chop etilgan yoki efirga uzatilgan bo’lishi shart. Bunda jurnalist OAVning qaysi yo’nalishida faoliyat yuritishiga qarab maqolalar, audio, video va boshqalar qabul qilinishi mumkin.
  2. Nomzod tayyorlashni reja qilayotgan va grant yutib olsa, berilgan mablag’ni sarflashni reja qilayotgan material haqida yozilgan ma’lumot. Bunda material nima haqida bo’lishi, qanday voqea yoki mavzu yoritilishi, uning ahamiyati va nimalarni talab qilishi to’liq tushuntirilishi, hajmi 3 betdan kam bo’lmasligi shart. Grantlar biznes, moliya va iqtisod sohalariga aloqador materiallar uchun berilishini unutmang.
  3. 2 ta tavsiyanoma. Tavsiyanomalarni nomzodning professional faoliyati bilan yaxshi tanish bo’lgan shaxslar berishi kerak. Hujjat topshirish oldidan bu yerda ko’rsatilgan shartlar bilan batafsil tanishing.

Dastur jamoasiga murojaat uchun bu yerga bosing. Ariza topshirishdan avval bu yerdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!