×

The Payoneer Entrepreneurship Awards: Payoneer kompaniyasidan tadbirkorlar uchun tanlov


Grant

MUHLAT

31.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

950 marta

Payoneer kompaniyasi strategik fikrlash, tadbirkorlik ruhi va innovatsiyaga ega bisneslarni e’tirof etish uchun The Payoneer Entrepreneurship Awards tanlovini e’lon qildi. Tanlovda ijtimoiy mas’uliyat, innovatsiya, atrofga ta’siri, o’ziga xoslik va insonlarga foydasi katta bo’lgan bizneslarni tanlovning 5 ta nominatsiyasidan biriga tavsiya qilish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Biznes egalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda beshta nominatsiya g’olibi aniqlanadi va Payoneer forumida tantanali ravishda taqdirlanadi:

  • eCommerce Business of the Year nominatsiyasi – eng yaxshi elektron savdo biznesi uchun
  • Disruptor of the Year nominatsiyasi – dadillik va kreativligi bilan dunyoni o’zgartirayotgan biznes uchun
  • Freelance Business of the Year nominatsiyasi – eng yaxshi frilans biznesi uchun
  • Socially Responsible Business of the Year nominatsiyasi – yuksak ijtimoiy mas’uliyat namoyish etgan biznes uchun.
  • Barcha ishtirokchilar The Entrepreneur of the Year nominatsiyasi uchun ham ko’rib chiqiladi. Bu mukofot eng o’ziga xos va katta ta’sirga ega biznes egasiga beriladi.

Talablar:

 

  • Tanlov ishtirokchisi 18 yosh yoki undan katta bo’lishi lozim.
  • Tanlovga tamaki, spirtli ichimliklar, ta’qiqlangan va inson hayotiga zararli mahsulotlarni o’z ichiga olgan loyihalar haqidagi arizalar qabul qilinmaydi.
  • Agar ishtirokchi tanlovga yolg’on ma’lumot taqdim etgani aniqlansa, unga belgilangan mukofot bekor qilinadi va tanlovdan chetlashtiriladi.
  • Ishtirok etish uchun hozirda faoliyat yuritayotgan biznes haqida ma’lumotlar yuborilishi va biznesning o’ziga xoslik, innovatsiya, ijtimoiy mas’uliyat darajasi ko’rsatib berilishi kerak. 

Dasturga qabul jarayoni:

Ishtirok etish uchun 31-dekabrgacha ariza yuborish, arizada biznesingiz tarixini va tabiatini bayon qilish kerak. Arizani boshlash uchun bu yerga bosing. Hujjat topshirish oldidan tanlov nizomi bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. 

Murojaat uchun bu yerdagi ijtimoiy tarmoq yoki chat belgilaridan birini tanlab, savol jo’natishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!