×

The Roswell Award: ilmiy fantastika janrida qisqa hikoya yozib, 500 AQSh dollari yutib oling!


Grant

MUHLAT

15.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2733 marta

Ilmiy fantastika janrida yozilgan qisqa hikoyalar uchun The Roswell Award tanloviga arizalar 15-dekabrgacha qabul qilinmoqda. Tanlovda dunyoning barcha davlatlaridan bo’lgan professional va havaskor yozuvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovga istalgan mavzudagi ilmiy-fantastik hikoyalar qabul qilinadi. Bu yilgi tanlovning alohida mavzusi esa feminizm. Feminizm ruhida yozilgan hikoyalar uchun Women Hold Up Half the Sky Award mukofoti alohida ta’sis etilgan. Aynan shu mukofotni qo’lga kiritgan g’olibning hikoyasi Artemis deb nomlangan jurnalda maxsus chop etiladi. 

Tanlovning feminizmga bag’ishlangan alohida sovrinidan tashqari, istalgan mavzudagi hikoyalar uchun alohida sovrinlar mavjud.

Eslatma: ilmiy fantastika (science fiction) va fantastika (fantasy) alohida-alohida janrlar hisoblanadi. Tanlovga ilmiy fantastika (science fiction) janridagi hikoyalar qabul qilinadi. Sehr-jodu, mo’jizalar kabi fantastik mavzudagi hikoyalar qabul qilinmaydi.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • 1-o’rin uchun: 500 AQSh dollari.
  • 2-o’rin uchun: 250 AQSh dollari.
  • 3-o’rin uchun: 100 AQSh dollari.

Tanlov g’oliblarining hikoyalari virtual marosimda o’qib eshittiriladi. Birinchi o’rinni olgan yozuvchi UCLA Extension Writers’ Program onlayn kursida o’qish imkonini qo’lga kiritadi. Feminist hikoyalar uchun maxsus mukofot miqdori haqida ma’lumot bu yerda tez orada e’lon qilinadi. 

Talablar:

  • Tanlovda 16 yoshdan oshgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
  • Bitta ishtirokchi bitta hikoya topshirishi mumkin.
  • Qisqa hikoya Microsoft Word formatida yozilgan bo’lishi, hajmi 500-1500 so’z bo’lishi kerak.
  • Hikoya muallifning o’zi tomonidan yozilgan bo’lishi, ilgari hech qayerda (nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda) chop etilmagan bo’lishi shart.
  • Hikoyalar ingliz tilida bo’lishi yoki shu tilga tarjimasi bilan yuborilishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish niyatidagi yozuvchilar 500 so’zdan kam bo’lmagan va 1500 so’zdan ortiq bo’lmagan hajmdagi, ingliz tilida yozilgan hikoyalarini 15-dekabrgacha yuborishlari kerak. Hujjat topshirish uchun qisqa hikoyani email orqali TheRoswellAward@gmail.com manziliga yuborish talab etiladi.

 Hikoya jo’natilgan emailga muallif ism-sharifi, manzili, email, telefon raqami, hikoya nomi, hikoya nechta so’zdan iborat ekani va qaysi mukofot uchun yuborilgani (umumiy Rosewell Award uchun yoki Women Hold Up Half the Sky Award uchun ekanligi) yozilishi kerak. Bu ma’lumotlarni hikoya yozilgan word hujjatga emas, email matniga yozish kerak. Hikoyada muallifning shaxsiga oid ma’lumotlar bo’lsa, tanlovdan chetlashtiriladi.

Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumot uchun tanlov nizomi bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!