×

The Small Research Grants on Education Program: ta’lim sohasidagi tadqiqotlar uchun 50 000 AQSh dollarigacha grant!


Grant

MUHLAT

01.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

1567 marta

Tadqiqotchilar uchun The Small Research Grants on Education Program dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dasturga ta’limni rivojlantirishga oid tadqiqotlar uchun takliflar (research proposal) qabul qilinadi. Agar nomzod topshirgan tadqiqot taklifi g’olib deb topilsa, rejalashtirilgan tadqiqotni amalga oshirish uchun tadqiqotchiga 50 000 AQSh dollarigacha bo’lgan mablag’ ajratiladi.

Dasturga nomzod ta’lim sohasiga oid mavzuda, 1 yildan 5 yilgacha olib boriladigan, umumiy byudjeti 50 000 AQSh dollaridan oshmaydigan tadqiqot g’oyasi bilan ariza berishi kerak. Ta’lim rivojiga aloqador bo’lgan istalgan yo’nalish va mavzudagi tadqiqot takliflari qabul qilinadi. Tadqiqot istalgan hududda olib borilishi mumkin.

Loyihalar ta’lim sohasidagi muhim masalalarga qaratilgan bo’lishi zarur. O’tgan yillarda shu dastur g’olibi bo’lgan tadqiqotchilar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Dastur haqida batafsil ma’lumot esa bu yerda ko’rsatilgan.

Grant kimlar uchun?

Ta’lim sohasida tadqiqot qilishni xohlovchi tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun tadqiqotchiga 50 000 AQSh dollarigacha bo’lgan miqdorda mablag’ ajratiladi. Qo’shimcha xarajatlar uchun qo’shimcha moddiy yordam berilishi ham mumkin.

Talablar:

  • Dasturga ta’lim sohasida olib borish rejalashtirilgan tadqiqot takliflari qabul qilinadi.
  • Dasturga ilmiy tadqiqotdan boshqa maqsadlar uchun ishlab chiqilgan loyihalar qabul qilinmaydi.
  • Nomzod topshirgan tadqiqot loyihasining to’g’ridan-to’g’ri va qo’shimcha xarajatlari (byudjeti) 50 000 AQSh dollaridan oshmasligi kerak.
  • Taklif etilgan loyiha amalga oshirilishi reja qilingan muddat 5 yildan oshmasligi kerak.
  • Bitta nomzod faqat bitta loyiha topshirishi mumkin.
  • Hozircha shu dastur tashkilotchilari tomonidan moliyalashtirilayotgan tadqiqot olib borayotgan shaxslar yangi loyiha uchun yana ariza berishlari mumkin emas.
  • Ariza va barcha hujjatlar ingliz tilida topshirilishi, xarajatlar AQSh dollarida ko’rsatilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 1-martga qadar bu yerda topshiriladi. Hujjat topshirish tartibi:

  1. Bu yerda ro’yxatdan o’ting. Avval ro’yxatdan o’tgan bo’lsangiz, akkauntga kiring.
  2. Profil yarating. Bunda so’ralgan ma’lumotlar va CV kiritiladi. CV 10 betdan oshmasligi kerak.
  3. Siz olib borish uchun taklif kiritayotgan tadqiqot uchun “proposal” yarating.

Proposal yaratish

“Proposal” quyidagi qismlardan iborat bo’lishi kerak:

  1. Loyiha haqida umumiy ma’lumot – nomi, boshlanish va tugash sanalari, tadqiqot mavzusi (research question) va 200 so’zli kirish.
  2. Xarajatlar tahlili – to’lanadigan maoshlar, shartnomalar, o’qish to’lovi, sotib olinadigan qurilmalar va boshqa barcha xarajatlar haqida ma’lumot.
  3. Loyiha haqida batafsil ma’lumot.
  4. Loyiha amalga oshiriladigan vaqt haqida ma’lumot.
  5. Loyihada ishtirok etuvchi jamoa haqida ma’lumot.
  6. Boshqa ma’lumotlar.

Agar savollaringiz bo’lsa, ko’p so’raladigan savollarga berilgan javoblar bilan tanishib chiqishingiz yoki smallgrants@spencer.org elektron manzili orqali Jasmine Janicki bilan bog’laning. Dastur nizomini bu yerdan yuklab oling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!