×

The University of Alabama: bakalavr kursi uchun 28 ming AQSh dollarigacha grant dasturi


Grant

MUHLAT

15.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1220 marta

AQShning Alabama shtatida joylashgan University of Alabama oliygohi International Student Scholarship grant dasturi orqali bakalavr bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi University of Alabama oliygohida o’qitiladigan bakalavr yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.    

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar kontrakt to’lovi uchun 6000 – 28000 AQSh dollari miqdorida moliyaviy yordam bilan ta’minlanadilar. Grantni har yili olish uchun talabaning o’qishi pasayib ketmasligi kerak. 

University of Alabama universiteti bakalavr bosqichi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim: 

  • Nomzod University of Alabama oliygohining bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin. 
  • Nomzod o’rta ta’lim bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim. Grant akademik ko’rsatkichlari asosida belgilanadi.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.  
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6 ball, TOEFL IBT 79 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda  bilib olishingiz mumkin. 

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirilmaydi, University of Alabama oliygohi bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirish kifoya. Kursga hujjatlar bu yerda 2021-yil 15-yanvarigacha qabul qilinadi. Muddatdan oldin ro’yxatdan o’tish grantni qo’lga kiritish imkoniyatini oshiradi. Hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

 

  • Akademik resume
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan sertifikatlar
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim). 
  • ACT va SAT test natijalarini ko’rsatuvchi sertifikat (majburiy emas)
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.  

 

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun admissions@ua.edu elektron manziliga yoki +18009332262 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!