×

The University of Auckland: magistraturani tibbiyot fakultetida oʻqishni xohlovchilar uchun yillik 14 300 AQSh dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.12.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

2669 marta

Yangi Zellandiyada joylashgan The University of Auckland oliygohining Tibbiy va salomatlik fanlari fakulteti oʻzining School of Medical Sciences International Masters Scholarship grant dasturini taklif etadi. Grantlar magistraturada oʻqish uchun umidli, yuqori akademik natijalar qayd etgan 5 nafar xorijlik talabaga beriladi. Dastur doirasida quyidagi yoʻnalishlar uchun grantlar ajratiladi:

  • Master of Biomedical Science
  • Master of Science in Pharmacology
  • Master of Science in Physiology

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻolib talabalarga 1 yoki 2 yillik magistratura kursi davomida yillik 20 000 NZD (taxminan 14 386 AQSh dollari) midoridagi stipendiya ajratiladi. Ajratilgan mablagʻ faqat oʻqish toʻlovi uchun sarflanishi mumkin.

Grantning keyingi oʻquv yiliga uzaytirilishi uchun talabaning GPA koʻrsatkichi 7.0/9.0 dan kam boʻlmasligi kerak (2 yillik magistratura kursi uchun).

Oliygohda oʻqish xarajatlari bilan shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Avstraliya va Yangi Zellandiya fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  2. Nomzod hujjat topshirish tugagunicha School of Medical Sciences maktabining yuqoridagi yoʻnalishlaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  3. Nomzod oʻzi tanlagan soha boʻyicha bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod universitetda kunduzgi (full time) tartibda tahsil olishi zarur.
  5. Nomzodning GPA koʻrsatkichi kamida 7.0/9.0 boʻlishi kerak.
  6. Nomzod a’lochi, yuqori akademik yutuqlarga erishgan boʻlishi va bu uning baholarida aks etishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga hujjatlar yiliga ikki marta: 30-martdan 11-maygacha va 21-oktyabrdan 1-dekbrgacha davom etadi. Hozirda eng yaqin ariza topshrish muhlati 2021-yil 1-dekabr.

Oliygohga hujjat topshirish

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Bakalavr diplomi.
  3. Dilom ilovasi/baholar.
  4. CV.
  5. Maqsad bayoni (Statement of Purpose).
  6. Passport nusxasi (talab etilsa).
  7. Shaxsiy bayonot.
  8. Tavsiyanoma.
  9. Til sertifikatlari. IELTS 6.5, har bir boʻlimdan kamida 6.0 ball.

Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi, ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni oliygohning rasmiy saytidan yoki grant nizomidan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Tel: +64 9 373 7513

Email: postgradinfo@auckland.ac.nz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!