×

The University of Queensland: bakalavr kursi uchun 3 ming AQSh dollarigacha grant dasturi


Grant

MUHLAT

08.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

939 marta

Avstraliyaning Brisben shahrida joylashgan University of Queensland oliygohi Hay Family Scholarship Endowment grant dasturi orqali bakalavr bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi University of Queensland oliygohida o’qitiladigan bakalavr bosqichining Engineering va Computing yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.         

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar kontrakt to’lovi uchun 3191 AQSh dollari (4500 Avstraliya dollari) miqdorida yordam puli bilan ta’minlanadilar. Grantni har yili olish uchun talabaning o’qishi pasayib ketmasligi kerak. 

University of Queensland universiteti bakalavr bosqichi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.  

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim: 

  • Nomzod University of Queensland oliygohining bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr bosqichining Engineering va Computing yo’nalishlari qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin. 
  • Nomzod o’rta ta’lim bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim. Grant akademik ko’rsatkichlari asosida belgilanadi.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.  
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6.5 ball, TOEFL IBT 87 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin. 

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun 2021-yil 8-martidan kechikmasdan onlayn tarzda ariza to’ldirib jo’natilishi lozim. Muddatdan oldin ro’yxatdan o’tish grantni qo’lga kiritish imkoniyatini oshiradi. 

Kursga hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

 

  • Akademik resume
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan sertifikatlar
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim). 
  • ACT va SAT test natijalarini ko’rsatuvchi sertifikat (majburiy emas)
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.  

 

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun scholarships@eait.uq.edu.au   elektron manziliga yoki +61733653853 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!