×

The University of Western Australia (UWA) – PhD tadqiqotchilari uchun moliyaviy yordam dasturi


Grant

MUHLAT

05.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1513 marta

Avstraliyaning The University of Western Australia (UWA) oliygohi o’zining School of Biological Sciences bo’limining PhD bosqichiga o’qishga qabul qilingan barcha tadqiqotchilarni Kwongan Foundation PhD Top-Up Scholarship stipendiya dasturida qatnashishga taklif etadi. Grant tadqiqotchilarga Australian Government Research Training Program (RTP) Stipend, University Postgraduate Award (UPA) dasturlari yoki shunga o’xshash boshqa stipendiya dasturlari bilan beriladi va universitetda Plant Biology yoki Conservation Biology yo’nalishlarida tadqiqot olib borib borayotgan tadqiqotchilarning kundalik xarajatlarni qoplashida qo’shimcha mablag’ sifatida ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’olib tadqiqotchiga yillik 7 000 AUD (taxminan 4963 AQSh dollari) miqdorida stipendiya ajratiladi

Grantning manfaatli jihatlari haqida bu yerda batafsil bilib oling. Universitetda o’qish uchun sarflanadigan harajatlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  1. Nomzod dunyoning istalgan mamlakatidan bo’lishi mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yo’q)
  2. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak
  3. Nomzod UWA oliygohining School of Biological Sciences bo’limida PhD bosqichida tahsil olishi kerak
  4. Nomzod oliygohda kunduzgi (full time) tartibda o’qishi kerak
  5. Nomzod Plant Biology yoki Conservation Biology yo’nalishida, g’arbiy Avstraliya o’simliklari ustida tadqiqot olib borishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod ushbu grantga ariza topshirish uchun avval universitetga qabul qilinishi kerak.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

  1. Ariza. Namunaviy ariza shakli bu yerda.
  2. Magistrlik diplomi.
  3. Baholar/diplom ilovasi.
  4. Tadqiqot rejasi (2-3 sahifa atrofida)
  5. Shaxsiy bayonot (Research proposal).
  6. Til sertifikati. IELTS 6.5 har bir bo’limdan kamida 6.0 ball
  7. 2 ta tavsiya berivchining kontakt raqamlari.
  8. Sohaga oid ish tajribasi (agar mavjud bo’lsa).
  9. Ilmiy ishlanma, qo’llanma yoki nashrlar (agar mavjud bo’lsa).
  10. Ijodiy ishlar (tanlangan yo’nlish bo’yicha talab qilinsa).

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi, ingliz tilida bo’lmagan barcha hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Dasturda qatnashish istagidagi nomzodlar avvalo oliygoh professorlari:

bilan bog’lanib o’z tadqiqot ishlarini muhokama qilib olishlari, so’ngra  iAthena Scholarship Application System tizimi orqali grantga ariza berishlari mumkin.

Grant haqidagi to’liq ma’lumot bilan grant beruvchining rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Tel: (+61 8) 6488 6000

Email: scholdatabase-grso@staffad.uwa.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!