×

Taʼlim sohasi yetakchilari uchun 9 oylik dastur; bir qismi Italiya va Qatarda olib boriladi, ishtirok bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

01.03.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

2191 marta

WISE Emerging Leaders – bu rivojlanish, jamiyatlarni tarbiyalash va ta’lim tizimlarini oʻzgartirish uchun zarur boʻlgan tafakkur, koʻnikma va texnikalarni rivojlantiruvchi kelajak yetakchilari uchun tashkil qilingan toʻqqiz oylik stipendiya dasturi hisoblanadi.

Dasturning asosiy maqsadi taʼlim tizimlarini rivojlantirish va ijobiy jihatga oʻzgartirish maqsadida taʼlim sohasidag yetakchilarning birgalikda ishlashi, fikr almashishiga imkon berishdir. Bu yoʻlda mana shu 9 oylik rivojlanish dasturi ta’lim tizimini qayta jonlantirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

Dastur butun dunyodan tanlab olingan 15-20 nafar yetakchilarni bir yerga toʻplab, ularga mutaxassislar bilan bir qator oʻquv seminarlari oʻtkazishga, mashgʻulotlar olib borishga, oʻz loyihalarini ishlab chiqishga yordam beradi.

Dastur 2 bosqichdan iborat bo’ladi:

1. Oflayn seanslar. 2023-yilning 31-may va 10-iyun kunlari oraligʻida Italiyaning Milan shahrida hamda noyabr oxiri/dekabr boshlarida (aniq sanalar e’lon qilinadi) Qatarning Doha shahrida dasturning oflayn qismi boʻlib o’tadi. Unda dastur yuzasidan turli mavzularga oid seminar-treninglar tashkil etiladi.

2. Onlayn seanslar. Bu bosqich 8 ta onlayn seminarlarni oʻz ichiga oladi. Ularning 2 tasi Milan shahridagi mashgʻulotlardan oldin, qolgan 6 tasi Doha shahridagi mashgʻulotlardan oldin boʻlib oʻtadi. Har bir onlayb seminar 90 daqiqa davom etadi.

Seminarlar, mashgʻulotlar, ularning mavzulari va ishtirokchilarga beriladigan loyihalar haqida BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

25-33 yoshli taʼlim sohasi yetakchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Italiya va Qatarda boʻlib oʻtadigan seminarlarda qatnashadi va bunday quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:
    – Safar xarajatlari
    – Turarjoy xarajatlari
    – Oziq-ovqat xarajatlari
    – Mamlakat ichidagi transport xarajatlari
    – Har bir nomzodga seminar uchun zarur materiallar beriladi;
  • Shaxsiy mashgʻulotlar davomida nomzodlar turli mavzular boʻyicha bir nechta seminarlar va topshiriqlar orqali tajribalarini oshirishadi.
  • 8 ta interaktiv onlayn seminar boʻlib oʻtadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • 25 yoshdan 33 yoshgacha boʻlish kerak.
  • Yaroqli xorijga chiqish pasporti va oflayn seanslarda ishtirok etish imkoniga ega boʻlish kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi bilish kerak.
  • Boshqa tashkiliy va shaxsiy majburiyatlarni bajarish bilan birga dasturga toʻliq hissa qoʻshishga imkon beradigan darajada bardoshli boʻlish kerak.
  • Nomzodlar taʼlim sohasida muvaffaqiyatga erishganliklarini koʻrsatuvchi akademik, professional yoki shaxsiy profilga ega boʻlishlari kerak.
  • Soʻnggi 3 yil ichida ta’lim va/yoki rivojlanishga oid loyihada qatnashayotgan boʻlish kerak,
  • Oʻz ustilarida ishlashga tayyor boʻlish kerak.
  • Turli xil qiyin muammolarni hal qilish uchun nomzodlar innovatsion gʻoyalarga ega boʻlish kerak.
  • Nomzodlar tavsiya qiluvchi tashkilotda oʻsish potensialiga ega boʻlish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Bu dasturga nomzodlarning oʻzlari bevosita ariza topshira olmaydi. Ular oʻzi ishlayotgan/vakili boʻlgan tashkilot, muassasa, dastur yoki tarmoq talabgor nomzodini tavsiya qilishi lozim.

Talabgorlar nomzodini tavsiya qilishning oxirgi sanasi 2023-yil 1-mart. Nomzodlarni BU YERDA tavsiya qilish mumkin. Biroq tavsiya qilish vaqtida nomzodning maʼlumotlari, rezyumesi (CV) va shu kabi unga aloqadar axborotlar ham kiritladi. Bunda tavsiya qiluvchi nomzod bilan birga ariza toʻldirishiga toʻgʻri kelishi mumkin.

Nomzodni tavsiya qilish va ariza topshirish vaqtida tavsiya qiluvchi tashkilot taʼlim sohasiga oid biror loyiha gʻoyasiga ega boʻlishi kerak. Bu loyiha dastur davomida oʻzgarishi mumkin.

Tavsiya qilish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlardan 2023-yil 19-30-mart kunlari intervyu olinadi. Yakuniy natijalar 2023-yilning aprel oyi boshida eʼlon qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqida rasmiy maʼlumot va tavsiya qilish qoʻllanmasi bilan batafsil tanishib chiqing.

Grantlar.uz izohi: Nomzodlar tashkiloti/muassasasi bilan kelishgan holda tavsiya qilish shaklini oʻzi toʻldirsa ham boʻladi.

Tavsiya qilishga oid savollar bilan quyidagi emailga murojaat qilishingiz mumkin:  emergingleaders@wise.org.qa.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!