×

THINC Fellowship for Global Young Leaders: turli mamlakatlardagi yosh yetakchilar bilan fikr almashish va Xitoyga bepul sayohat qilish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

15.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

1836 marta

THINC (Technology, Humanity, Inclusion, Nurture, Changemaker) dasturi – bu 12 oylik hamkorlik va fikr almashinuvi dasturi boʻlib, dunyoning turli mamlakatlaridan boʻlgan 50 nafar tanlangan yosh iqtidorlarini, xususan, iqtidorli yosh mutaxassislar, tadbirkorlar, tadqiqotchilar, ijodkorlar va diplomatlarni birlashtiradi. Dasturga talabalar jamiyati yetakchisi boʻlsangiz, siz ham mazkur dasturda ishtirok eta olasiz.

Dastur ishtirokchilarning yoʻnalishlarini cheklamaydi, turli yoʻnalish va sohalardagi yetakchilar dasturga ariza topshirishi mumkin. Tanlangan 50 nafar ishtirokchi bir yil davomida har oy texnologiyalar va insoniyat haqida onlayn suhbatlar oʻtkazadi.

Mazkur dasturning maqsadi bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Yetakchi talabalar, mutaxassislar, tadbirkorlar, tadqiqotchilar, sanʼatkorlar diplomatlar va boshqa soha vakillari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturning manfaatli jihatlari quyidagilardan iborat:

  • Dastur yakunida barcha ishtirokchilar 2022-yilning yozida Xitoyda boʻlib oʻtadigan sammitga taklif etiladi. Bir yil davomi eng faol boʻlgan, eng yaxshi 10 nafar ishtirokchining borish va kelish, turar joy va sammitga qatnashish xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.
  • Dasturda ishtirok etish orqali dunyoning turli burchakdagi yetakchi yoshlar bilan aʼloqa oʻrnatasiz, tanish orttirasiz, oʻziga xos hamjamiyat aʼzosiga aylanasiz.
  • Har oy oʻtkaziladigan suhbatlarda texnologiya erasidagi insoniyatning kelajagi haqida qimmatli maʼlumotlarga ega boʻlishingiz, boshqa yosh yetakchilar, mutaxassislar, tadqiqotchilar va boshqalar bilan fikr almashishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • 39 yoshdan kichik boʻlishi kerak.
  • Millatlar va madaniyatlararo muloqotga qobiliyatli boʻlishi kerak.
  • Insoniyat va texnologiya ishtiyoqi kuchli boʻlishi, bu borada turli loyihalarda qatnashgan va tajribaga ega boʻlishi kerak.
  • Istalgan soha vakillari topshira oladi.
  • Nomzod ingliz tilida muloqot qila olishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2021-yilning 15-iyuniga qadar qabul qilinadi. Arizalar BU YERDA onlayn tarzda topshiradi. Arizada nomzod berilgan savollarga javob berishi, kerakli maʼlumotlarni kiritishi va CVʼsini yuklashi kerak.

Dasturga ikki xil shaklda ariza topshirish mumkin:

  • Individual tarzda. Agar siz THINC aʼzosi yoki sherik kanal tomonidan tavsiya etilsangiz, bir oʻzingiz individual tarzda ariza topshira olasiz.
  • 1 nafar sherik bilan topshirish. Agar THINC aʼzosi yoki sherik kanal tavsiyasiga ega boʻlmasangiz, boshqa davlatdan (oʻzingizning davlatdan boʻlmagan) sherik topishingiz va u bilan kelishib ariza topshirishingiz kerak boʻladi. Bunda arizani oʻzingiz toʻldiraverasiz, lekin ariza shaklida boshqa mamlakatdan sherigingiz borligi aytib, uning toʻliq ismini yozishingiz kerak boʻladi, Sherigingiz ham xuddi shunday qiladi.

MUHIM: Ariza topshrishga kirishishdan oldin dasturning rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan info@thincfellowship.today elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!