Ushbu magistratura darajasi Xalqaro Tibbiyot Fizikasi Tashkiloti (International Organization for Medical Physics) tomonidan akkredatsiya qilingan.
Ushbu magistratura o’quv kursi Xalqaro Tibbiyot Fizikasi Tashkiloti (IOMP) va Xalqaro Atom Energetika Tashkiloti (IAEA) tomonidan taqdim etiladi. Dastur boshlang’ich va yuqori darajadagi kurslardan, soha mutaxxassislari tomonidan o’qitiladigan amaliy va klinik kurslardan iborat. Har bir kursdan keyin talabalar imtihon qilinadi. Shuningdek, talabalar o’z dissertatsiya ishlarini dastur yakunida, so’ngi oyda taqdim va himoya qilishi kerak bo’ladi. Magistratura darajasi Triste Universiteti tomonidan beriladi. Dasturni muvafaqqiyatli yakunlash uchun, talabalar barcha imtihonlarni, klinik kurslarni muvafaqqiyatli topshirishi va boshqa talablarni bajarishi kerak bo’ladi.
Birinchi o’quv yili uchun quyidagi kurslar taklif etiladi va to’liq ro’yxatini SHU YERDAN YUKLAB olish mumkin.
- Anatomiya va fiziologiya
- Radiatsion fizika
- Radiobiologiya
- Tibbiy fizikada axborot texnologiyalari
- Yadroviy tibbiyot fizikasi
- Tibbiy ko’rish asoslari
Ikkinchi o’quv yilidan boshlab, talabalar radioterapiyadan klinik kurslar, diagnostika va interventsion radiologiya, yadroviy tibbiyot kurslarini o’rganishadi.
Grant kimlar uchun?
XALQARO FIZIKA NAZARIYASI MARKAZI VA TRISTE UNIVERSTITETI HAMKORLIGIDA TIBBIYOT FIZIKASI MAGISTRATURA KURSINING BESHINCHI BOSHQICHIGA QIZIQUVCHILARNI TAKLIF ETADI. DASTUR 2018-YILNING 1-YANVARIDAN, 2019-YILNING 31-DEKABRIGACHA DAVOM ETADI. BARCHA KURSLAR INGLIZ TILIDA OLIB BORILADI. USHBU DASTUR 30 YOSHDAN KICHIK, FIZIKA SOHASIDA O’QIYOTGAN RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR FUQOROLARI UCHUN MO’LJALLANGAN.
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
O’qishga qabul qilingan nomzodlar o’z xarajatlarini o’zi ko’tarishi mumkin.
Cheklangan miqdorda to’liq va to’liq bo’lmagan stipendiyalar, Xalqaro Atom Energiya Tashkiloti (IAEA) va Xalqaro Fizika Nazariyasi Markazi (ICTP) tomonidan rivojlanayotgan davlatlar fuqorolariga beriladi.
To’liq stipendiya borish-kelish xarajatini, registratsiya to’lovini va oyiga, birinchi yil uchun 900 Yevro va ikkinchi yildan 1000 Yevroni tashkil qiladi.
To’liq bo’lmagan stipendiya borish-kelish xarajatini, registratsiya to’lovini va oyiga, birinchi yil uchun 450 Yevro va ikkinchi yildan 500 Yevroni tashkil qiladi.
Yoki faqat borish kelish xarajati va registratsiya to’lovi to’lab beriladi.
Talablar:
Nomzod arizani onlayn shaklda MANA BU YERDAN to’ldirish kerak.
Nomzod CV, nomzod haqida yetarli ma’lumotga ega bo’lgan katta akademikdan bitta tavsiyanoma, reyting daftarchasidan ko’chirma taqdim etishi kerak. Tavsiyanoma yozuvchi Xalqaro Fizika Nazariyasi Markaziga (ICTP) bilan hamkorlik qilish qilmasligini tavsiyanomada ko’rsatib o’tish kerak bo’ladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Qabul komissiyasi Magistratura Qo’mitasi a’zolaridan tashkil topgan. Har bir nomzod sinchkovlik bilan yoshi, akademik darajasi, tadqiqot ishlari, professional mehnat faoliyati tekshirilib, berilgan tavsiyanoma orqali tanlanadi. Nomzodning millati va jinsi ham inobatga olinadi. Oldindan tanlab olingan nomzodlar Italiya elchixonasiga uchrashishi qattiq so’raladi.
Jami 30 ta nomzod tanlab olinadi.
Markaz tanlangan nomzodlarga qabul natijalaridan so’ng tezda bog’lanadi.
Qo’shimcha ma’lumotlarni Italiyaning Toshkentdagi Elchixonasidan olish mumkin.
Elchixona manzili:
Yusuf Hos Hojib ko’chasi, 40-uy; 700100 Toshkent
Telefon: (+998) 71 252 11-19 / 20 / 21 / 23
FAX: (+998) 71 120 6606
Email: segreteria.tashkent@esteri.it
Vebsayt: www.ambtashkent.esteri.it
Batafsil ma’lumot : SHU YERDA