×

Tibbiyot sohasi boʻyicha jurnalistik materiallar tanlovi: mukofot – 3000 dollar va AQSHga bepul sayohat!


Grant

MUHLAT

30.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

1663 marta

Council for the Advancement of Science Writing (CASW) tibbiyotga oid jurnalistikani qoʻllab-quvvatlash hamda mualliflarni ragʻbatlantirish maqsadida oʻzining anʼanaviy Victor Cohn Prize for Excellence in Medical Science Reporting mukofot dasturiga hujjatlar qabul qilmoqda. 2021-yilgi mukofotga nomzodlar 2016-yilning yanvaridan buyon nashr etilgan yoki efirga uzatilgan jurnalistik faoliyatining beshtagacha namunasini (kitoblar qabul qilinmaydi) taqdim etishlari zarur.

Dasturdan maqsad keng ommani tibbiyoning eng soʻnggi yutuqlari, ularning inson salomatligi va farovonligiga taʼsiridan xabardor qilish, shu bilan birgalikda muallif/yozuvchilarning maʼlumotlarni jamoatga aniq-ravshan, keng qamrovli, oʻziga xos tarzda yetkazib berganligi uchun taqdirlashdan iborat.

Grant kimlar uchun?

Jurnalist va muxbirlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻolibi 3000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot va sertifikat bilan taqdirlanadi. Mukofot har yili boʻlib oʻtadigan CASWʼs New Horizons in Science hamda National Association of Science Writersʼning qoʻshma taqdirlash marosimida topshiriladi (safar xarajatlari tashkilotchi tomonidan qoplanadi).

Talablar:

Nozmod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Mukofot dasturiga mualliflar soʻnggi besh yil ichida chop etilgan yoki efirga uzatilgan tibbiyotga oid maqola, reportaj va h.k.lari bilan qatnashishlari mumkin (kitoblar qabul qilinmaydi).
  • Taqdim etilayotgan namunalar AQSH auditoriyasiga yetib boradigan ingliz tilidagi OAVlar tomonidan nashr qilingan/efirga uzatilgan boʻlishi kerak.
  • Nomzodning ishi bilan tanish boʻlgan muharrirlar, hamkasblar, olimlar va boshqalar nomzod kandidaturasini ilgari surishlari mumkin (Letters of Nomination).
  • Nomzod ilgari surilgan xatda kandidatning biografiyasi haqida qisqacha ma’lumot berilishi hamda uning ishlari baholanishi kerak.
  • Nomzodning oʻzi ham oʻz kandidaturasini tavsiya qilishi mumkin (bu holda nomzodga uning ishlari bilan tanish boʻlgan hamkasblari kamida bitta tavsiyanoma – Letter of Support berishi maqsadga muvofiq).

Tanlov qatnashchilariga qoʻyilgan talablar haqida batafsil shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Mukofot dasturiga arizalar onlayn shaklda BU YERDA 2021-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni tashkilotchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun: Silvia Kantor sylviakantor@casw.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!