Yaponiyaning Tokio texnologiya instituti 2022-yil sentyabrda oʻqishni boshlaydigan PhD va magistratura talabalari uchun International Graduate Program (A) – IGP (A) dasturini taklif etadi. Dastur talaba va tadqidotchilarga institutning 6 fakulteti, 15 ta boʻlimidan birida oʻqish imkoniyatini beradi.
Institutning yuqorida taklif etilgan dasturlaridan biriga qabul qilingan eng iqtidorli xorijlik talabalar MEXT – Yaponiya Ta’lim, Madaniyat, Sport, Fan va Texnologiyalar Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan grantga ariza berishlari mumkin boʻladi. MEXT grantiga eng munosib nomzodlarni institutning oʻzi tavsiya etadi va tavsiya etishga loyiq deb topilgan nomzodlarga qabul xatida MEXT grantiga ham ariza topshirishi mumkinligi haqida xabar beriladi. Grant ajratiladigan talabalar soni haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda.
Grant kimlar uchun?
Magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant dasturi gʻolib tadqiqotchilarni quyidagilar bilan ta’minlaydi:
- Yaponiyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
- Magistratura talabalari uchun 147 000 yen (taxminan 1331 AQSh dollar) miqdoridagi oylik stipendiya ajratiladi.
- PhD tadqiqotchilari uchun 148 000 yen (taxminan 1340 AQSh dollar) miqdoridagi oylik stipendiya ajratiladi.
- Oʻqish toʻlovini 100 foiz toʻlab beriladi.
- Stipendiat ariza topshirish va roʻyxatdan oʻtish toʻlovlaridan ozod qilinadi.
Talablar:
Grantga nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod Yaponiya bilan diplomatik aloqalarga ega davlat fuqarosi boʻlishi kerak (Oʻzbekistonlik nomzodlar ham hujjat topshira oladilar).
- Nomzod Yaponiya rezidenti boʻlmasligi kerak.
- Nomzod 1987-yil, 2-apreldan keyin tugʻilgan boʻlishi kerak.
- Nomzod Tokio texnologiya instituti qabul talablariga javob berishi va oliygoh tomonidan grant uchun tavsiya etilishi kerak.
- Nomzod oldingi bosqichlarda yuroqi akademik koʻtsatkichlar qayd etgan boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
- Nomzod oʻzi tanlagan yoʻnalish boʻyicha bakalavr va/yoki magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod oldin MEXT stipendiyasini olmagan boʻlishi kerak.
- MEXT Scholarship dasturiga ariza bergan nomzod MEXT`ning boshqa grant dasturlariga hujjat topshira olmaydi.
- Talaba, MEXT Scholarship stipendiyasini olayotgan paytida, boshqa grant/moddiy yodam dasturlari boʻyicha stipendiya olishi mumkin emas.
- Nomzod ruhan va aqlan sog’lom boʻlishi zarur.
Dasturga qabul jarayoni:
Tokio texnologiya institutining 2022-yil sentyabrda boshlanadigan kurslari uchun arizalar 2021-yil 8-dekabrgacha qabul qilinadi.
Hujjat topshrish jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- Nomzod oʻzining grant talablariga mos kelishini tekshirib koʻradi. (Ariza namunasi)
- Tokio texnologiya institutidan oʻzi tanlagan professor bilan bog’lanib, undan tadqiqotga rahbarlik qilish uchun rozilik xati (nomzoddan CV, akademik koʻrsatkichlari haqidagi ma’lumotlar soʻralishi mumkin).
- Ilmiy rahbardan olingan rozilik xati oliygohning Admissions Division boʻlimiga yuboriladi va nomzodga onlayn ariza portaliga kirish uchun shaxsiy parol beriladi.
- Oliygoh talablariga javob bergan eng iqtidorli nomzodlarning hujjatlari MEXTga tavsiya etiladi.
- Saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlar MEXT uchun qoʻshimcha hujjatlarni topshirishlari talab etiladi (namuna).
- Yakuniy qaror MEXT tomonidan qabul qilinadi. Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil: bu yerda.
Talab qilinadigan hujjatlar (taxminiy):
- Ariza.
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
- Rasm.
- Ilmiy rahbardan rozilik xati.
- Tadqiqotning qisqacha mazmuni.
- Til sertifikati.
- Bakalavr/magistrlik diplomi.
- Baholar/diplom ilovasi.
- CV.
- Tavsiyanoma (namuna).
- Nomzodning 3 yillik mehnat tajribasi haqidagi maʻlumot (agar talab etilsa).
- Arizani koʻrib chiqish toʻlovi (271 AQSh dollari).
Eslatma: Universitetga qabul qilish uchun topshiriladigan hujjatlar tanlangan kursga qarab turlicha boʻlishi mumkin.
Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi, boshqa tildagi hujjatlar notarial tasdiqlangan nusxasi bilan topshirilishi zarur.
MUHIM: Institutga qabul va grant haqidagi maʼlumotlar bilan institutning rasmiy saytida batafsil tanishib chiqing. MEXT granti boʻyicha qoʻllnmani ham diqqat bilan oʻqib chiqing.
Murojaat uchun e-mail: ryugakusei@jim.titech.ac.jp