×

Tokyo Anime Award Festival: animatsion film yarating va 4600 AQSh dollari yutib oling – ishtirok etish bepul!


Grant

MUHLAT

31.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1805 marta

Animatsiyalashtirilgan filmlar uchun Tokyo Anime Award Festival 2021 tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu tanlovda davomiyligi 30 daqiqagacha va 60 daqiqadan ziyod bo’lgan animatsion filmlar bilan ishtirok etish mumkin. Tanlovda ishtirok etish orqali ijodkorlar o’z g’oyalari va jahonga namoyish etish niyatidagi xabarlarini ommaga yetkazishlari mumkin. Tanlovning maqsadi mazmuni, o’ziga xosligi va ijtimoiy ta’siri eng kuchli animatsion filmlarni taqdirlash va ularning mualliflarini kashf etish. Tanlov g’oliblarining ishlari 2021-yil 12-15 mart kunlari Tokioda bo’lib o’tadigan Tokyo Anime Award Festival 2021 (TAAF2021) festivalida namoyish qilinadi. Tanlovda ikki xil yo’nalish mavjud:

  1. Feature Animation (60 daqiqa yoki undan ortiq davom etadigan animatsion filmlar uchun). Batafsil ma’lumot va qoidalar bilan bu yerda
  2. Short Animation ( 30 daqiqadan kam davom etadigan animatsion filmlar uchun). Batafsil ma’lumot va qoidalar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Animatsion film ijodkorlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har ikkala yo’nalishda ham bittadan asosiy sovrin mavjud. Asosiy sovrin sohiblariga 500 000 yendan (taxminan 4681 AQSh dollari) pul mukofoti taqdim etiladi.

Asosiy sovrindor deb topilmagan, lekin yo’nalish bo’yicha eng yaxshi deb ovoz berilgan filmlar mualliflariga Award of Excellence mukofoti doirasida 100 000 yendan (taxminan 936 AQSh dollari) pul mukofoti beriladi.

Talablar:

Tanlovning UMUMIY qoidalari:

  • Tanlovga faqat 2019-yil 1-yanvar yoki shu sanadan keyin nihoyasiga yetkazilgan animatsion filmlar qabul qilinadi. Ya’ni, masalan, 2017-yilda tayyorlangan animatsion film bilan ishtirok etolmaysiz.
  • Tanlovga taqdim etilgan filmlar 2021-yil 11-mart sanasidan oldin Yaponiyada tijoriy maqsadlarda, daromad asosida namoyish etilgan bo’lishi mumkin emas.
  • Shu tanlovga ilgari ham topshirilgan filmlar bu yil qabul qilinmaydi.
  • Tanlovning Short Animation va Feature Animation yo’nalishlariga taqdim etiladigan ishlar uchun texnik talablar bir-biridan farq qiladi. O’zingiz ishtirok etishni xohlagan yo’nalishda ishtirok etish talablari bilan batafsil tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Short Animation yo’nalishida ishtirok etish uchun arizalar 2020-yil 31-oktyabrgacha qabul qilinadi. Feature Animation yo’nalishida ishtirok etish uchun esa 2020-yil 10-noyabrgacha ariza berish mumkin. Tanlov uchun taqdim etilgan filmlarning eng saralari Tokiodagi festivalida, final bosqichi uchun namoyish etiladi. Festival vaqtida tanlov g’oliblari hay’at a’zolari tomonidan aniqlanadi.

Feature Animation yo’nalishi uchun ariza topshirish

Short Animation yo’nalishi uchun ariza topshirish

2020-yilgi festivalda g’olib deb topilgan animatsion filmlarni bu yerda ko’rishingiz mumkin (sahifa so’nggiga qarang).

Ma’lumot uchun info@animefestival.jp elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!