Yaponiyada joylashgan Tokiyo Universitetining Global Japan Studies dasturi doirasida tashkillashtirilgan yozgi maktabga arizalar qabul qilinmoqda. Maktab II Jahon Urushidan keyingi yillardagi Yaponiyani o’rganish, tahlil qilish va hozirgi kun vaziyatiga aloqadorligini tadqiq etishdan iborat. Maktab bakalavr bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallagan. Yozgi maktabdan maqsad talabalarga “Buyuk Yapon Mo’jizasi” yillari haqidagi muhim ma’lumotlar bilan tanishish, yapon madaniyati, qarashlari va madaniy va iqtisodiy tarixini o’rganish hamda yapon tili bo’yicha bilimlarini mustahkamlashga sharoit yaratish.
Dastur vaqtida talabalarga ixtiyoriy yapon tili kurslari ham taqdim etiladi. 2019-yilgi yapon madaniyati yozgi maktabi 1-11 iyul kunlari, ya’ni 10 kun bo’ladi. Maktabga 25 nafar talaba qabul qilinadi, ulardan 4-5 nafari Tokiyo Universiteti talabalari bo’ladi.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichi talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Yozgi maktabda qatnashish pulli. Kurs to’lovi 280000 yenni tashkil qiladi (taxminan 2550 AQSh dollari). To’lov ichiga turar-joy, oziq-ovqat, sug’urta, yozgi maktab mashg’ulotlari uchun xarajatlar va o’quv materiallari kiradi.
Dastur uchun 5 nafar talabaga 150000 yendan (taxminan 1360 AQSh dollari) grant beriladi.
Talablar:
Yozgi maktabga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar qabul qilinadi:
- Nomzod oliy ta’lim muassasasi bakalavr bosqichida o’qiyotgan bo’lishi kerak.
- Nomzod Yaponiya tarixi, davlati va madaniyatiga qiziqish bildirishi zarur.
- Nomzodning baholari 100 % dan kamida 76 % ni tashkil qilishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Dasturga qabul vaqtida til sertifikatlari talab qilinmaydi lekin til bilish nomzod uchun muhim hisoblanadi. Mashg’ulotlar ingliz tilida olib boriladi. Nomzod yapon tilini bilsa o’zi uchun yanada qulay bo’ladi, lekin dasturga qabul uchun bu majburiy emas.
Dasturga qabul jarayoni:
Yozgi maktabga hujjatlar onlayn tarzda bu yerda qabul qilinadi. Arizaga quyidagi hujjatlarni biriktirish kerak:
- Nega bu dasturda ishtirok etishni xohlashingiz va nimalarni o’rganishni umid qilayotganingiz haqida 3 sahifali insho.
- CV.
- Baholar.
- Passport nusxasi.
- Fotosurat.
Hujjatlar 2019-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi va natijalar aprelning ikkinchi yarmida e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz yoki gjs@ioc.u-tokyo.ac.jp elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.